Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Olimlar yaralarni chandiqsiz bitkazuvchi gelni ixtiro qildi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo g'aroyibotlariдата: 16.01.2021
Xitoylik bir guruh olimlar ipak proteini asosida yangi gel yaratdi. Ushbu gel jarohat va yaralarni chandiqsiz bitkazadi, deb xabar bermoqda Daryo.uz nashri.

Olimlar o‘z ishlanmalari uchun ipak tolalarida mavjud bo‘lgan seritsin moddasidan foydalandi.

Gel teri to‘qimalariga tez birikadi, organizmning immuno reaksiyasini keltirib chiqarmaydi, yallig‘lanishni bartaraf etib, yangi qon tomirlarini yuzaga keltiradi.

Bunda gel teri to‘qimalari ishini shunday tashkil etadiki, jarohat joyida chandiq emas, yangi teri o‘sadi.

Gel antiseptik xususiyatga ega bo‘lib, bakteriyalarni yaraga tushirmaydi, bu esa yaraning tez bitishiga olib keladi.

Olimlar o‘z ishlanmalarini bugungi kunda yaralarni tez bitiruvchi eng samarali vosita ekanligini ta’kidlamoqda. Ular yangi ishlanma barcha tekshiruvlardan o‘tkazilganidan so‘ng tibbiyotga keng qo‘llanila boshlashiga umid qilmoqda.

Теги: ixtiro, yara, yarani bitirish, Chandiq

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]