наверх
Главная » Новости » Shou-Biznes yangiliklari
14:59
Otabek Mirzaxolov Mirjalol Qosimovdan nega uzr so`ragan?

“Million” jamoasining sobiq a`zosi Otabek Mirzaxolov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida O`zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga qilgan haziliga qanday munosabat bildirgani haqida batafsil gapirib berdi...

“Bolalarda ayb yo`q…”, deb nomlangan sahnadagi chiqishimdan so`ng, o`sha konsert disklarga chiqib, bu gap juda ham ommalashib ketdi. O`sha gapim rosa ommalashgan vaqtda Mirjalol aka bilan ko`rishib qolganmiz.

O`shanda ortidan borib, “Assalomu alaykum Mirjalol aka”, deganimdan so`ng ular ham men bilan ko`rishib, “E anavi meni ustimdan kulgan bola san-ku”, deganlar. Men esa, “Ha aka, shunga men xijolat bo`lib qoldim, noto`g`ri tushunmadingizmi, uzr agar ko`nglingizga og`ir botgan bo`lsa” deganman. Haqiqatdan men u erda o`zbek fudbolini ustidan kulganman. Muxlislar esa har xil tushunib, kimlardir “shaxsning ustidan kuldi”, deb o`ylagan. O`shanda Mirjalol aka “E uka, bu nima deganing, bizlar to`p tepib pul topamiz, senlar gapirib pul topasan” deya reaksiya qilganlar. Juda xursand bo`lgandim. O`sha vaqtda Mirjalol akaning muomalasini, hazilni to`g`ri tushuna olishini ko`rib, ularga nisbatan hurmatim oshgan edi.
Manba: Darakchi.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 646 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]