наверх
Главная » Новости » Foydali maslaxatlar
14:53
“Ovqatlaringizni sovutib yenglar, issiq taomda baraka yo‘q“

Bugungi kunda ko‘pchilik tark etgan va unutilib borayotgan sunnatlardan biri taom yoki ichimlikni iste’mol qilishdan oldin sovutishdir. Olimlarning o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ushbu sunnatlarini sog‘liqqa katta foydasi bor.

The Lancet Oncology jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘zim tushib qoldi. Unda aytilishicha, juda issiq suvni ichish qizilo‘ngach saratoniga olib keladi. Bu qo‘rqinchli kasallik faqat tamaki va spirtli ichimliklar ortidan kelib chiqadi deb o‘ylardim.

Issiq taom yoki ichimlik iste’mol qilish inson salomatligiga juda yomon ta’sir qiladi. Ushbu tadqiqotlar natijasi taomni sovutib iste’mol qilish juda yaxshi ish ekanini ko‘rsatdi. Lekin muzlaydigan yo unga yaqin darajada emas. Balki mo‘’tadil darajada sovutish sog‘lik uchun foydali ekan.

Tadqiqotda ovqat yoki ichimlikni issiq holatda iste’mol qilishga odatlanish tanani, xususan oshqozonni saratonga tayyorlab boradi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ibn Umar roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: "Ovqatlaringizni sovutib yenglar, issiq taomda baraka yo‘q", dedilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam issiq ovqat zararli ekaninin bundan 1400 yil oldin aytganlar. Bu U zotninig haq payg‘ambar ekanlarining yana bir bor ta’kidlaydi.
Abduddoim Kahil,
Shahzod Ramazonov tarjimasi

Manba: azon.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 701 | Добавил: MASSARI | Теги: issiq taom, taom | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]