Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 116
Гостей: 116
Пользователей: 0
0

Patronaj hamshiralarining yo‘l haqi kompensatsiyasini belgilash va to‘lab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.07.2019
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yo‘l haqi kompensatsiyasini belgilash va to‘lab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi qo‘yilgan edi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi qarori bilan “Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yo‘l haqi kompensatsiyasini belgilash va to‘lab berish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran qishloq joylarda oilalarga borib tibbiy patronajni tashkil qiluvchi qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarining patronaj hamshiralariga kompensatsiya tayinlanadi.

Kompensatsiyani belgilash tartibi qanday?

Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarining patronaj hamshiralariga kompensatsiya ish vaqti oylik me’yorining haqiqatda ishlangan ish kunidan kelib chiqib tayinlanadi.

Bunda patronaj hamshiraga biriktirilgan aholi yashash joyigacha bo‘lgan masofa asos sifatida olinadi. Ya’ni, hamshira qatnovni amalga oshiradigan aholi xonadonlari joylashuvi 10 kilometr va undan ko‘p bo‘lganda eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida patronaj hamshiraga yo‘l haqi kompensatsiyasi to‘lanadi.

Qarorda har bir patronaj hamshira uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori eng kam oylik ish haqining 100 foizidan oshmasligi belgilab qo‘yilgan.

Aholi yashash joyigacha bo‘lgan masofa tuman tibbiyot birlashmasining tegishli buyrug‘ida ko‘rsatilishi lozim. Ya’ni, buyruq bilan qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralariga biriktirilgan aholi punktining nomi va aholi soni, shuningdek, uning ish joyidan biriktirilgan aholi punktigacha oraliq masofa ko‘rsatilgan ro‘yxat tasdiqlanadi.

E’tiborli tomoni, kompensatsiya mablag‘lari tuman tibbiyot birlashmalarining yillik xarajatlar smetasida shu maqsadda ko‘zda tutilgan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Kompensatsiya puli patronaj hamshiralarning egallab turgan ish stavkasiga mos ravishda to‘lanadi. Mazkur mablag‘ hamshiraning yo‘l haqi kompensatsiyasi bo‘lgani bois, mehnat ta’tili yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrida to‘lanmaydi.

Hamshiralar kompensatsiya mablag‘ini alohida to‘lov qaydnomasi bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi buxgalteriyasi orqali olishadi.

Yana bir jihati shundaki, ushbu Nizomda belgilangan kompensatsiya mablag‘i hamshiralarning daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolar sug‘urta badallari solinmaydi.

Kompensatsiyaning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishi ham nazoratga olingan. Bu vazifa Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Patronaj hamshiralarga kompensatsiya mablag‘larini to‘lash tartibi buzilsa, aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Теги: Patronaj

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]