Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 125
Гостей: 125
Пользователей: 0
1

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirabror Usmonov xonadoniga tashrif buyurdi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.03.2019
15-mart, juma kuni vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonov xonadoniga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurib, marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev marhum xonadoniga tashrif buyurib, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.

Mirabror Usmonov mustaqilligimizning og‘ir-yengil kunlarini tortgan, xalqimizga, Vatanimizga katta xizmatlar qilgan ulug‘ inson edi. Odamlarga qo‘lidan kelgancha yaxshilik qilardi. Oilasiga, yurtiga, davlatga sadoqatli edi. Keyingi paytlarda sog‘ligi yaxshi bo‘lmasa ham Senatning hamma majlislarida qatnashishga harakat qildi, foydam tegsin derdi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti


Ma’lumot uchun, Mirabror Zufarovich Usmonov 1947-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘p yillar iqtisodiyot, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan, 1994—2005-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari sifatida iste’mol mollari ishlab chiqarish va savdo tarmoqlariga rahbarlik qilgan.

Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidagi ko‘p yillik faoliyati davomida bilimi, katta hayotiy tajribasi bilan qonunlar ishlab chiqilishida faol ishtirok etdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti sifatida O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Mirabror Usmonovning ko‘p yillik samarali mehnati hukumat tomonidan munosib taqdirlanib, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.

Теги: Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirabr

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 1
1 IKROM RASULOV   (17.03.2019 14:31)
sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]