Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 124
Статистика

Онлайн всего: 236
Гостей: 236
Пользователей: 0
0

Putin bilan suratga tushgan Chingiz Aytmatovning nevarasi internet “yulduzi”ga aylandi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 27.06.2019
Vladimir Putin va Sooronbay Jeenbekov bilan suratga tushgan Chingiz Aytmatovning nevarasi internet yulduziga aylandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Bishkekda sovet va qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning muzey-uyiga tashrif buyurdi. Yozuvchining oila a’zolari ular uchun ekskursiya o‘tkazdi.

Davlat rahbarlari yozuvchi hayotining so‘nggi 20 yilini o‘tkazgan uyda joylashgan ekspozitsiyalarni tomosha qildi. Putin va Jeenbekovga Aytmatov hayoti aks etgan rasmlarni ko‘rsatishdi.

Ekskursiyadan so‘ng prezidentlar Aytmatovlar oilasi bilan birga suratga tushdi. Rossiya prezidenti matbuot xizmati fotosuratchisi yozuvchining besh yoshli nevarasi Sulaymon yuzi va qo‘li bilan qilgan kulgili holatini tasvirga oldi.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]