наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
07:54
Putin bir hafta mobaynida saylov fondini shakllantirishga ulgurdi

To‘rtinchi bor Rossiya prezidentligiga nomzodi ilgari surilayotgan Vladimir Putinning saylov fondi maksimal miqdor — 400 million rublga yetdi. Bu haqda Rossiya markaziy saylov komissiyasining 5-yanvarga oid hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar beradi Meduza.

Putin fondiga 23 tashkilot, asosan “Yedinaya Rossiya” hamda mintaqaviy hamkorlik va taraqqiyot fondlari tomonidan 2 milliondan 28 million rublgacha xayriya kelib tushdi.

Xususiy shaxslardan faqat bir kishi yirik miqdorda — 30 ming rubl taqdim etgani bildirilmoqda.

Olingan mablag‘lardan Putin targ‘ibot materiallarini tayyorlashga 9 million rubl sarflashga ulgurdi.

Ma’lumot uchun, Putin o‘tgan yil 28-dekabrida hisob raqamini ochish huquqini qo‘lga kiritgandi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 94 | Добавил: VerSign | Теги: Putin, saylov | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]