Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Putin dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan omillarni aytib o‘tdi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 19.10.2021
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasi ishtirokchilariga videomurojaatida ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, xalqaro jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik va terrorizm kabi dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan omillardan xavotir bildirdi, deb yozadi «Kommersant’».

Xabarga ko‘ra, davlat rahbari, shuningdek, NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi infratuzilmalari kuchaytirilayotganini yana bir bor qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiyaning keskinlikni pasaytirish haqidagi takliflarini ko‘rib chiqishdan bosh tortmoqda.

«Mintaqaviy qurolli to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalish xavfi, transchegaraviy jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar savdosi va kiberjinoyatchilar faolligi jiddiy tashvishga solmoqda» — dedi Putin.

Putinning ta’kidlashicha, «NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harbiy salohiyati va infratuzilmasining tobora kuchayib borishi, shuningdek, alyansning keskinlikni pasaytirish va oldindan aytib bo‘lmaydigan xavfni kamaytirish bo‘yicha takliflarni konstruktiv ravishda ko‘rib chiqishdan bosh tortayotgani haqida voqealar Rossiyani tashvishlantirmasligi mumkin emas».

«Umid qilamizki, sog‘lom fikr va biz bilan konstruktiv munosabatlarni rivojlantirish istagi oxir-oqibat ustun keladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Agentlik ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti mintaqaviy mojarolarning hal etilishi global xavfsizlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishi deb biladi. «Rossiya buni faol ravishda targ‘ib qilmoqda. Harbiy yordamimiz tufayli biz Suriya hududining katta qismini xalqaro terrorchilardan ozod qildik, Suriya davlati qulashining oldini oldik. Turkiya va Eron bilan birgalikda Ostona formatidagi siyosiy va diplomatik ishlarimiz BMT homiyligida Suriyani tartibga solish jarayonini boshlashga imkon berdi», — dedi Putin.

Теги: rossiya, vladimir putin, Dunyo havfsizligi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]