наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
21:27
Putin joriy yilda Si Szinpin bilan bir necha marta uchrashishini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilda XXR raisi Si Szinpin bilan bir necha marta uchrashishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Rossiya yetakchisining Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv chog‘ida ta’kidlashicha, Moskva va Pekin munosabatlari iqtisodiy va siyosiy sohalarda beqiyos yaqinlik xarakteriga ega.

Putinning qayd etishicha, bu uchrashuvlardan biri Xitoyda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, bir qator xalqaro tashkilotlar yig‘ilishlari doirasida ham uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Putin zaruriyat bo‘lganda Xitoy yetakchisi bilan har qanday vaqtda muloqotga kirishishini ma’lum qildi.

Putin Xitoyni mamlakatning xalq vakillari yig‘ilishi muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi va unda XXR rivoji uchun juda muhim qarorlar qabul qilinganini aytib o‘tdi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 99 | Добавил: VerSign | Теги: Putin, Si Szinpin, Xitoy | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]