наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
16:45
“Qamchiq” dovonida 20 yil oldin chiqarilgan avtomobillarda yuk tashish taqiqlandi

“Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan “Qamchiq” dovoni orqali yuk tashish ishlab chiqarilgan paytidan 20 yildan ortiq vaqt o‘tgan yuk avtomobillari va shatakchi avtomobillar uchun taqiqlandi.
Bungacha hukumatning 2012-yil 10-iyuldagi qaroriga asosan foydalanish muddati 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yuk avtotransport vositalari uchun “Qamchiq” dovoni orqali yuklarni tashish 2016-yil 1-iyuldan boshlab man etilgandi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 289 | Добавил: VerSign | Теги: “Qamchiq” dovonida 20 yil oldin chi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]