Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Qanday go‘sht sog‘liq uchun xavfli?

Автор: MASSARIкатегория: Foydali maslaxatlarдата: 19.01.2020
Nitratlar, to‘yingan yog‘lar, tuz - ko‘rinishidan qizil go‘sht shifokorlar iste’mol qilmaslikni tavsiya etadigan narsalardangina tashkil topgan. Ammo uni tanovul qilishdan o‘zimizni tiyolmasak, qanday zarar ko‘ramiz va aynan nima xavf ostida qoladi?

So‘nggi yangiliklardan biri dunyodagi barcha go‘sht iste’mol qiluvchilarning ishtahasini qo‘zg‘atdi. Ma’lum bo‘lishicha, qizil go‘sht bizga isbotlashga harakat qilingan darajada zararli emas ekan.

Avvalgi tadqiqotlar natijalarini yana bir bor tahlil qiladigan munozarali hisobot bizni ehtiyot bo‘lish va xalqaro sog‘liqni saqlashda qabul qilingan tavsiyalarga ko‘r-ko‘rona amal qilmaslik kerak degan fikrga olib keladi — ularda ratsionda qizil go‘sht miqdorini kamaytirishga undashardi.

Mualliflar bir xulosaga kelishadi: qizil go‘shtni iste’mol qilish kamayishi hayot davomida saraton kasalligi rivojlanishiga qaysidir yo‘l bilan ta’sir qilishi haqida ishonchli dalillar yo‘q. Borlari esa juda zaif.

Ushbu tahlilda olti million kishining kasallik tarixiga asoslangan 70ta tadqiqot natijalari ko‘rib chiqilgan.
So‘nggi yillarda e’lon qilingan bir nechta ilmiy ma’ruzalar go‘sht va qayta ishlangan ovqatlar zararini so‘roq ostida qoldirdi.

2018 yilda olimlar va siyosatchilar nitrat va nitritlardan qayta ishlangan go‘sht uchun konservant sifatida foydalanishga qarshi kampaniya boshlashdi, chunki bu kimyoviy moddalarni saraton kasalligi bilan bog‘laydigan dalillar mavjud edi.

Ammo Anjela Douden bu masalani o‘rganib, nitrat va nitritlar boshqa mahsulotlarda ko‘proq topilishini aniqladi.
Aslida yevropaliklar ratsionidagi nitratlar va nitritlarning 80 foizi sabzavotlar orqali iste’mol qilinadi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda nitratlar sog‘liqqa shunchaki ijobiy ta’sir ko‘rsatadi — masalan, qon bosimini pasaytiradi.

Ammo bu hali hammasi emas. Nitritlar ichak raki bilan bog‘lanuvchi kanserogen nitrozaminlarga aylanishi mumkin (ing. carcinogenic nitrosamines) va bu holat nitritlar aminlar — oqsilga boy oziq-ovqat tarkibidagi organik birikma bilan reaksiyaga kirishganda sodir bo‘ladi.

Go‘shtdagi nitrat va nitritlarning sabzavotlardagiga qaraganda ko‘proq xavfli bo‘lishi mumkinligining sababi shunda.
Nitrozaminlar yuqori haroratli pishirish paytida yuzaga keladigan kimyoviy reaksiyalarda ham hosil bo‘ladi — bu ham seldereydan ko‘ra kolbasa yoki qovurilgan mol go‘shti ko‘proq zarar keltirishiga urg‘u beradi.

Natijada saraton xavfi bizning ovqatimiz tarkibiga emas, balki uni qanday tayyorlashimizga ham bog‘liqligi oydinlashdi. Bunda grilda yoki tovada qovurilgan qizil go‘sht ayniqsa yuqori xavf tug‘diradi.

Foto: Getty Images
Yaxshi yangilik shundaki, saraton xavfini kamaytiradigan ovqat tayyorlash usulini tanlashimiz mumkin — masalan, past olovda pishirish. Va bu bizning qo‘limizda.

Bundan tashqari, oziq-ovqat tarkibidagi zararli tarkibiy qismlarni almashtirish muhim ahamiyatga ega. To‘yingan yog‘lar ko‘plab xastaliklar, shu jumladan yurak kasalliklarining omili deb hisoblanadi. To‘yingan yog‘larni shakar va tozalangan kraxmal bilan almashtirish orqali infarkt xavfini kamaytirish mumkin.

Hayvon yog‘laridan o‘simlik moyiga o‘tishingiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, to‘yingan yog‘larni ko‘p to‘yinmagan yog‘larga almashtirish har qanday sababli o‘lim xavfini 19 foizga kamaytiradi.
Ushbu maqola faqat umumiy ma’lumotni o‘z ichiga oladi va uni shifokor yoki boshqa sog‘liqni saqlash mutaxassisi maslahati bilan almashtirmaslik kerak.

Теги: sog'liq, Go'sht

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]