Регистрация

CHUQUR / ÇUKUR 4.SEZON
BARCHA QISMLARI
BARCHA SOUNDTRACKLARI
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!

CHUQUR / ÇUKUR 4.SEZON
BARCHA QISMLARI
BARCHA SOUNDTRACKLARI
Категория
Dunyo yangiliklari [536] |
O'zbekiston yangiliklari [789] |
Sport yangiliklari [299] |
Shou-Biznes yangiliklari [176] |
XXI tehnologiyasi [247] |
Mobil operatorlar [33] |
Kino va Serial yangiliklari [158] |
Sevgi Iztirobi Voqealar Rivoji [36] |
Qiziqarli faktlar [73] |
Qiziqarli ma'lumotlar [154] |
Dunyo g'aroyibotlari [61] |
Foydali maslaxatlar [95] |
Tibbiyot olami [43] |
Avto Olam [75] |
Munajjimlar bashorati [136] |
Xikoyalar / Mutolaa [30] |
Telegram Sirlari haqida [12] |
Premyeralar [7] |
Turmush chorraxalarida [75] |
Qo'shiqlar matni [21] |
Psixologik maslaxatlar [17] |
Саундтреки
"CHUQUR" TURK SERIAL MP3
"ICHKARIDA" TURK SERIAL MP3
"QADAM" O'ZBEK SERIAL MP3
"QORA NIYAT" TURK SERIAL MP3
"SEVGI IZTIROBI" TURK SERIAL MP3
"SO'YLA QORADENGIZ" TURK SERIAL MP3
"CHOLIQUSHI" TURK SERIAL MP3
"GULPERI" TURK SERIAL MP3
"JASUR VA GO'ZAL" TURK SERIAL MP3
"G'AROYIB DOKTOR" TURK SERIAL MP3
"MALIKAM, ENDI QARA" TURK SERIAL MP3
"ICHKARIDA" TURK SERIAL MP3
"QADAM" O'ZBEK SERIAL MP3
"QORA NIYAT" TURK SERIAL MP3
"SEVGI IZTIROBI" TURK SERIAL MP3
"SO'YLA QORADENGIZ" TURK SERIAL MP3
"CHOLIQUSHI" TURK SERIAL MP3
"GULPERI" TURK SERIAL MP3
"JASUR VA GO'ZAL" TURK SERIAL MP3
"G'AROYIB DOKTOR" TURK SERIAL MP3
"MALIKAM, ENDI QARA" TURK SERIAL MP3
0
Qandli diabetga chalinganlar muntazam iste’mol qilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar
Автор: MASSARIкатегория: Foydali maslaxatlarдата: 16.01.2021

Qora shokolad
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, muntazam ravishda kakao iste’mol qilish diabetning 2-toifasini rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari ushbu mahsulot ko‘pincha qand kasali bilan yonma-yon yuradigan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shokoladning kakaoligi va shakarsizini tanlash tavsiya etiladi.
Brokkoli
Deyarli barcha krestgullilar oilasiga mansub sabzavotlar qand kasalligi uchun juda foydalidir, shu jumladan, brokkoli ham. Ushbu sulforafan aralashmasiga boy bo‘lgan karam kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuningdek, qonda shakar darajasini nazorat qiladi. Bundan tashqari bemorlarda paydo bo‘ladigan zararlardan qon tomirlarini himoya qiladi.
Ushbu moddaning yana bir foydali xususiyati – bu organizmning tabiiy zararsizlantirishdir. Bu orqali saraton kasalligini keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalarni tanadan osongina chiqarib tashlaydi. Shunday ekan qand kasali bo‘lmasa ham, brokkolini tez-tez iste’mol qilish kerak.
Qorag‘at (chernika)
Qorag‘at barcha turdagi tolaga boy o‘simlik bo‘lib, u qondagi qand miqdorini xavfsiz darajada saqlaydi. Ushbu mahsulot ham olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, qand kasali va modda almashinuvi sindromi tashxisi qo‘yilgan bemorlar uchun koni foyda hisoblanadi.
Jo‘xori uni (ovsyanka)
Jo‘xori unini muntazam ravishda iste’mol qilish qandli diabetning 2-toifasi xavfini kamaytiradi. Ushbu don tarkibida magniy ko‘p bo‘lib, u organizmda glyukozani qayta ishlashga va insulin ajralishiga yordam beradi.
Baliq
Baliq qand kasaliga chalingan bemorlar uchun eng foydali mahsulotlarning biridir. U boy bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari tanadagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Shuningdek, ko‘pincha diabet bilan bog‘liq asoratlar xavfini kamaytiradi. Mutaxassislar haftasiga ikki marotaba baliq iste’mol qilishni tavsiya etadi.
Zaytun yog‘i
Agar allaqachon qand kasali aniqlangan bo‘lsa, jismoniy faollik va O‘rta Yer dengizi parhezi eng samarali retsept hisoblanadi. Parhezning asosiy tarkibiy qismlaridan biri zaytun moyi bo‘lib, u ko‘p to‘yinmagan yog‘larga va antioksidantlarga boy, hujayralarni zararlanishdan saqlaydi va yurak xastaligining oldini oladi.
Kletchatka (biriktiruvchi to‘qima)
Tolaga boy parhez qandli diabetning 2-toifasini oldini olishga yordam berishi aniqlandi. Kasallikning oldi olinmasa ham tolaga boy ovqatlar glyukoza miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega.
Dukkaklilar
Dukkakli ekinlar tarkibi oqsil va tolaga boy bo‘lib, ular qondagi qand miqdorini keskin ko‘tarilishidan saqlaydi. Agar uy sharoitida dukkakli mahsulotlarni pishirishni iloji bo‘lmasa, u holda ularning konservalarini sotib olish mumkin. Faqatgina iste’moldan avval yaxshilab yuvishni unutmaslik kerak.
Ismaloq
Ismaloq tarkibida K vitamin hamda magniy, folat, fosfor, kaliy va ruh kabi minerallar mavjud. Shuningdek, o‘simlik tarkibidagi lyutein va zeaksantin kimyoviy moddalari qonda glyukoza miqdorini nazorat qilishga yordam beradi.
Yong‘oq
Yong‘oq tarkibida alfa-linolenik kislota deb ataladigan juda foydali to‘yinmagan yog‘ kislotasi mavjud, u yallig‘lanishni kamaytiradi. Bundan tashqari yong‘oq mahsulotlarida topilgan l-arginin, omega-3, E vitamin hamda boshqa moddalar saratonga qarshi va xolesterinni kamaytiradi. Yong‘oq garchi kasallikning oldini olmasa-da, sog‘liqni asrashni istaganlar uchun eng foydali va xavfsiz mahsulotlardan biridir.
Теги:
Вернуться
Просмотров: 62
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0 | |
YOUTUBE