наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
16:36
Qashqadaryoda harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Qamashi tumanining Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Shodi Eshnazarov Qarshi tumanida yashovchi Yusuf Toshevga harbiy xizmatga jo‘natib yuborishni va’da qiladi. “Xizmati” uchun esa 1200 dollar so‘raydi.

Firibgarning “hojatbarorligi” uzoqqa cho‘zilmadi. O‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida Sh.Eshnazarov ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 451 | Добавил: VerSign | Теги: Qashqadaryoda harbiy xizmatga jo‘na | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]