Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 35
Гостей: 35
Пользователей: 0
0

Qashqadaryolik “qayta tirilgan” Muhammadjon voqeasi: shifokorlar tomoni nima deydi?

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.07.2019
Kuni-kecha O‘zbekistondagi internet nashrlarda Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan shov-shuvli voqea – shifokorlar yosh bolani joni uzildi, deb onasiga berishgani, bolani uyga olib ketishgani, uni dafn etish marosimida bola “tirilgani” haqida maqola paydo bo‘ldi. Maqolada tilga olingan bemor bolaning yaqinlari – uning buvisi va onasi bu vaziyatga shifokorlarni ayblashgan, ularning mas’uliyatsizligi, sansolarligi va o‘z kasbini puxta bilmasligini vaj etib ko‘rsatishgan.

Ushbu voqea yuzasidan Kun.uz muxbiri Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘lim boshlig‘i I.Ro‘ziyev bilan bog‘landi. Shifokor bizga quyidagilarni so‘zlab berdi:

“2017 yilning 14 may kuni tug‘ilgan bemor Rashidov Muhammad VBKTTM chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limiga o‘ta og‘ir holatda: «Homila ichi infeksiyasi, sepsis, etiologiyasida Stafilokokkus aurius. Markaziy nerv sistemasini perinatal zararlanishi, chaqaloqlar gemolitik kamqonligi, ichaklar falaji» tashxisi bilan yotqizildi. Bemorga kerakli tekshiruv va davo muolajalari o‘tkazildi.

Kasallik tarixidan ma’lum bo‘lishicha, bola birinchi homiladan birinchi farzand, qiynalib tug‘ilgan. Bemor bolaning ota-onasida TORCh infeksiya aniqlangan. Shifoxonaga yetguncha yashash joyida poliklinika vrachi nazoratida bo‘lib, essensiali va glyukoza olgan”.

Shifokorning ma’lum qilishicha, 2017 yilning 28 iyun kuni Muhammadga «Yarali nekrotik entrakolit, ichaklar perforatsiyasi, peritonit» tashxisi qo‘yiladi va onasi hamda buvisiga kasallikning og‘irligi, o‘tkaziladigan operatsiya xavfi to‘g‘risida tushintiriladi. Bemorning onasi va buvisi operatsiyaga rozilik tilxati berishadi.

“Operatsiya vaqtida bemorning ichaklarida teshilgan nekrotik yaralar, tarqalgan najasli peritonit aniqlanib, patologik o‘zgarishlar bartaraf qilindi”, dedi shifokor I.Ro‘ziyev.

Operatsiyadan keyingi Muhammadga “Yarali nekrotik gangrenoz total enterokolit. Ichaklar yaralarini perforatsiyasi tarqalgan – yiringli - najasli - fibrinli peritonit. Ileostoma operatsiyadan keyingi holat”, tashxisi qo‘yiladi.

Shundan so‘ng bemorning onasi va buvisiga bajarilgan operatsiya haqida tushintiriladi. Ana shu yerda, kutilmagan voqea yuz beradi. Bemorning onasi va buvisi “bolani olib ketamiz”, deb tilxat yozishadi va 2017 yilning 28 iyun kuni soat 19:40 da Muhammadni shifoxonadan uyga olib ketishadi. Biroq oradan ikki soat o‘tgach, bolani o‘ta og‘ir ahvolda qaytarib olib kelishadi va reanimatsiya bo‘limiga joylashtirishadi.

“Rahimov Muhammad ayni damda reanimatsiya bo‘limida davo muolajalarini olib kelmoqda”, dedi I.Ro‘ziyev.

Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida ma’lum qilishlaricha, oxirgi vaqtlarda bemorda qo‘shimcha ravishda qorin taranglashishi, dam bo‘lishi, qorinning kattalashishi, ich kelmasligi, tana haroratining ko‘tarilishi, qayt qilish kabi belgilar kuzatilgan.

Bunday vaziyatda, albatta, operativ davo lozim bo‘ladi. Ammo Muhammad Rashidovning ahvoli og‘irligi bois, operatsiya katta xavf ostida qilinishi bemor yaqinlariga tushuntirilgan. 2017 yilning 28 iyun kuni bemor Muhammad Rashidovning onasi tilxat asosida operatsiyaga roziligini bildirgan. Shu kunning o‘zidayoq, ya’ni soat 15:30dan bemor operatsiyaga tayyorlana boshlanadi. Va soat 17:00 dan 18:50 gacha jarrohlik amaliyoti bajariladi.



“Shifokorlarning barcha amaliy choralarni ko‘rishiga qaramasdan bemor ahvoli og‘ir bo‘lgan. Jarroh ushbu murakkab vaziyatni bemorning qarindoshlariga tushuntirgan. Shundan so‘ng bemorning buvisi bolani uyga olib ketmoqchi bo‘ladi. Shifokorlarning ruxsat bermasligiga qaramay, tilxat asosida 28 iyun kuni soat 19:30 da bemor Muhammad Rashidovni uyga olib ketgan.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, bemor uyiga olib ketilayotganda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek vafot etgan emasdi, u tirik bo‘lgan. Bu haqda bemorning buvisi Shahnoza Hamidova tilxat ham yozgan. Bola vafot etgani haqidagi xulosa uning yaqinlari tomonidan qilingan va bu haqda tibbiyot xodimlariga xabar berilmagan”, deyiladi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Rasulov bergan ma’lumotda.



Shifokorlarning bizga ma’lum qilishlaricha, Muhammadning ayni damda reanimatsiya bo‘limida. Uning ahvolidan xabar olgani Toshkentdan ham zarur shifokorlar Qarshiga yetib kelishgan.

P.S: Biz keyinroq ushbu voqea yuzasidan Rahimov Muhammadning buvisi Hamidova Nargiza bilan bog‘landik. U kishining aytishicha, haqiqatan ham Muhammadjon reanimatsiyada. Uning ahvolini yaxshi deb ham, yomon deb ham bo‘lmaydi. Voqea sababini tushuntirar ekan, Nargiza opa shunday dedi: “Nevaramning bunday bo‘lishiga shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi, Muhammadjonni davolashda paysalga solish va sansolarlikka yo‘l qo‘yishlari sababdir. Men taqdirga ko‘nib bo‘ldim, ammo boshqalarning farzandlari, jigarporalari mana shunday holatga tushmasin, shifokorlar o‘z kasblarini sidqidildan bajarsin deyman...”.

Bu masala qaysidir tomonning ko‘rsatmasi bilan yakuniga yetkazilib, indamay ketiladigan masala emas nazarimizda. Chunki gap inson atalmish hilqatning hayot-mamoti haqida ketmoqda. Bu ish mas’ul mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganiladi va chiroyli yakun topadi degan niyatdamiz. Bizning maqsadimiz qaysidir tomonning yonida bo‘lish emas, jajji bolaning sog‘ayib ketishidan umid qilish va yaxshi niyatda bo‘lishdir.

Sarvar Anvar o‘g‘li

Теги: Shifokorlar, qayta tirilgan, qashqadaryo

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]