Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

1

Qiziq tajriba: 50 kishga bir oy davomida har hafta 26 dollardan pul berib turish va’da qilindi. Natija esa…

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 01.12.2021
Shveysariyada o‘tkazilgan yangi tadqiqot qo‘li ochiqlik insonni baxtiyor qilishi mumkinligini tasdiqladi. Tajribada qatnashgan 50 kishga bir oy davomida har hafta 26 dollardan pul berib turish va’da qilindi, deb yozadi The Hindustan Times nashri.

Olimlar yarim ishtirokchidan pulni boshqa insonlar uchun sarflashni, qolgan yarmidan esa o‘z bilganicha sarflashni so‘rashdi. Shundan so‘ng, ularning miyasi tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida qatnashchilar tegishli savollarga javob berishdi.

Tadqiqotchilar miyaning qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etuvchi va saxiylik bilan bog‘liq hududlarini nazorat qilib bordi. Natijada, pullarni boshqalar uchun sarflaganlar keyingi guruhdagilardan ko‘ra o‘zlarini baxtiyorroq his qilganligi aniqlandi. Baxt darajasi pul miqdoriga bog‘liq emas.

Теги: tajriba, Shveytsariya

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 1
1 ♡Atham♡☆   (26.07.2017 08:59) [Material]
zur

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]