Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 185
Гостей: 185
Пользователей: 0

0

Eng ishonchsiz parollar ma’lum qilindi

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 29.04.2019
Britaniya milliy kiberxafvsizlik markazi eng ishonchsiz parollarni ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri.

Eng ishonchsiz parol “123456” bo‘lib chiqdi, undan 23,2 million britaniyalik foydalanar ekan. Undan keyin esa “123456789”, “qwerty”, “password” va “1111111” parollari o‘rin olgan.

Shuningdek, britaniyaliklar ko‘pincha o‘z ismlari, futbol klublari nomlari, musiqiy guruhlar nomlarini parol sifatida qo‘llashar ekan.
Ekspertlarning ogohlantirishiga qaramay, ko‘pchilik “123456” parolidan foydalanib kelmoqda.
0
Erkaklar organizmdagi testosteron miqdorining yuqoriligi tromb (tomirda ivib qolgan qon) paydo boʻlishiga va yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligini rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin, deya maʼlum qilishdi Nyu-York universiteti va Gongong universiteti olimlari. Ilmiy ish natijalarini British Medical Journal eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, ekspertlar prostata saratoni koʻrigidan oʻtgan 50 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan uch mingdan ortiq erkaklar haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilishadi. Ular testosteron miqdori yuqori boʻlgan erkaklarning umumiy genlarini aniqlashga urinishadi.

Shundan soʻng tadqiqotchilar Buyuk Britaniyaning Biobankiga murojaat qilishdi. Ular topilgan genlarni 392 mingdan ortiq har ikki jins vakillari genlari bilan taqqoslab koʻrishadi. Taqqoslab koʻrishdan asosiy maqsad ushbu genlar va trombning yuqori paydo boʻlishi, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi yoki yurak xuruji oʻrtasidagi bogʻliqni aniqlashdan iborat edi.

... Davomini o'qish »
0
Nima uchun siniq va darz ketgan idishlarda ovqat yeyish mumkin emas? “Islam-today.ru” ana shu savolga oydinlik kiritdi.

Abu Said al-Hudriy (radiallohu anhu) tomonidan bayon qilingan rivoyatda shunday deyiladi: “Allohning elchisi (s.a.v.) piyolaning siniq va darz ketgan tomonidan ichishni taqiqlagan, shuningdek, idishga puflashni ham man qilgan” (Abu Dovud, “Ashriba”, 3722).

Ushbu rivoyatda gap borayotgan taqiq siniq va darz ketgan idishdan foydalanish harom ekanligini ko‘zda tutmaydi. Bu yerda bunday idishni qo‘llash nomaqbul ekanligi qayd etilgan, chunki hatto hozirgi shifokorlar ham sopol idishlarning darz ketgan joylarida kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar to‘planib qolishini ta’kidlaydi.

Bundan tashqari, siniq idishdan foydalanish noqulay hamdir: siniq joylar tufayli piyola ichidagi suyuqlik kiyimga to‘kilib ketishi, darz ketgan idish esa qo‘lingizda sinib ketishi ham mumkin.
0
Choyning foydali jihatlariga hech kim shubha qilmaydi: ming yillar davomida ushbu qaynoq ichimlikni isteʼmol qilib kelayotgan milliardlab osiyoliklar xato qilishmaydi. Choy chanqoqni bosadi va tetiklik hissini beradi. Xolesterin darajasini pasaytirib, yurak qon-tomir faoliyatini normallashtiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi va hatto kishini aqlliroq qiladi.

Biroq foydali jihatlarning koʻpligi uning zararini inkor etmaydi.

Qaynoq choy qon ketishlarga sabab boʻlishi mumkin

Britaniyalik otolaringolog va plastik jarroh Genri Sharp qaynoq choy tomoq-burun tomirlariga salbiy taʼsir qilishi mumkinligini aniqlagan. Piyoladan chiqayotgan bugʻ ularni kengayishga majbur qiladi va burundan qon ketishiga sabab boʻladi.

Har qanday holatda ham ichimlik uchun optimal harorat 50-60 daraja sanaladi. Buning uchun choy damlangach, 5-7 daqiqa xona haroratida qoldirish kerak.

Achchiq choy tish va suyaklarga salbiy taʼsir koʻrsa ... Davomini o'qish »
1
Gʻarb olimlari inson uxlayotgan paytida tanasidan oʻlik hujayralar koʻrpaga tushishini, ular vaqtida tozalanmasa, koʻpayib, unga qaytib yotgan insonning jismiga yopishib, kasalliklar keltirib chiqarishini, har turli yoʻl bilan tozalansa ham ketmasligini, maʼlum qismi qolishini, aynan uch bora qoqish bilan ketishini aniqladilar, deydilar.

Bu gʻarb olimlari kim ekanliklari, u mikroorganizmlar qanday turda ekanligi, qanaqa kasalliklar keltirib chiqarishi nomaʼlum. Lekin haqiqat shuki, Alloh taoloning “Sizlar koʻrib turgan narsalar bilan qasam ichurman. Va sizlar koʻrmaydigan narsalar bilan ham” (“Haaqqoh” surasi 38-39-oyatlar) deganidan biz, bu koʻrish darajamiz bilan koʻrishga qodir boʻlmagan olam ham borligi maʼlum, aniq.

Zamonaviy ilm ham koʻrpa-toʻshaklarimizda bizga koʻrinmaydigan, insonning toʻkilib tushgan terisi bilan oziqlanadigan kanalar mavjudligini isbotlaydi. Ularning umri bir oy. Urgʻochisi bir bor tuxum qoʻyganida har gal 20-30ta qoʻyadi. Mu ... Davomini o'qish »
0

Har qanday kasallik inson xarakteri bilan bogʻliq

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 21.09.2018
Har qanday kasallik sababi ichki notinchlik, yomon his-tuygʻular va barcha salbiy emotsiyalardir. shuning uchun faqat yaxshi narsalarni oʻylang va yomonliklarga eʼtibor bermaslikka xarakat qiling, asablaringizni asrang, axir eng muhimi salomat boʻlishku, toʻgʻrimi, sogʻlik boʻlsa qolgan barcha narsa topiladi.

BURUN KASALLIKLARI:

Xafagarchilik, oʻzini ahamiyatsizdek his qilish. Eʼtiborga va yordamga muhtoj insonlar burun bilan bogʻliq kasalliklarga koʻproq chalinishadi.

JIGAR KASALLIKLARI:

Ichki jahl, eski xafagarchiliklarni eslab yurish, yaqinlaridan koʻplab ayblovlar, noroziliklar eshitadigan insonlar jigar xastaliklari bilan kasallanishadi.

OSHQOZON KASALLIKLARI:

Qoʻrquv, erkinlikning yoʻqligi, tinimsiz kimningdir qaramogʻida boʻlish, xohlamagan ishini majburan bajarish insonlarni oshqozon xastaliklari bilan kasallanishiga olib keladi.

... Davomini o'qish »
0

Rus davlati nega Islomni tanlamagan?

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 13.06.2018
Rossiyaning markaziy telekanlaridan biri “Pervыy”da mamlakatda 12 iyun – “Rossiya kuni” bayrami nishonlangan sanada namoyish etilgan “Knyaz Vladimir - Rus davlati cho‘qintiruvchisi” filmida Qadimgi Rus davlati e’tiqodining aynan nima sababdan yunon talqinidagi provoslavlik tomon yuz burgani borasida hikoya qilinadi. Azon.uz nashri bunga e’tibor qaratdi.

Film ijodkorlari ssenariyni yozishda tarixchi Nestor qalamiga mansub manbaga tayanishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, siyosiy ittifoqchi izlayotgan knyaz Vladimir huzuriga turli din davatchilari tashrif buyurishgan.

Vladimirning Xazar yahudiylari vakiliga javobi quyidagicha bo‘lgan.

“O‘zlaringiz Xudo tomonidan rad etilib, yer yuzining turli nuqtalariga sochilib ketgan holingizda xalqimni nimaga ham da’vat etardingiz. Yoki bizlargayam shuni istaysizmi? Sizning davlatingiz vayron etilib, parokanda bo‘lmishdir. Yoki bizning hisobimizdan uni tiklashni istaysizmi”.

Knyazning Musulmon e ... Davomini o'qish »
0

Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada?

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 14.05.2018
Ko‘p hollarda ish beruvchilar dasturchilar dizaynni ham yarata oladi, deb o‘ylashadi. Biroq har ishni o‘zining ustasi qilgani ma’qul. Veb-dizayner bilan veb-dasturchilar o‘rtasida farq bormi? Albatta, bor. Keling bu savolga oydinlik kiritamiz.

Veb-dizayner nima qiladi

Maket yaratadi, interfeysni quradi va mijozning veb-sayt bilan o‘zaro hamkorligini o‘ylab topadi — g‘oyani va tarixni chiroyli vizual dizaynga aylantiradi. Xuddi me’mor uyning rejasini tuzgandek, veb-dizayner ham sayt maketini yaratadi va hayotga tatbiq etadi.

Veb-dasturchining o‘rni qanday?

Veb-dasturchi veb-dizaynerning g‘oyasini maketga aylantirib ish mahsulotiga aylantiradi. Uning vazifasi — kelgusi resursning mijoz (frontend) yoki server qismini (bekend) yaratadi. Yana full-stack dasturchisi ham bor — ular to‘liq ish ilovasini, ya’ni bekend’ni ham, frontend’ni ham yaratadi.

Veb-dasturchi sayt dizaynini yarata oladimi?

Y ... Davomini o'qish »
0

Sevadimi, yo‘qmi? Aniqlaymiz!

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 12.05.2018
— Yigit kishining sevgisi samimiy yoki soxtaligini qanday aniqlash mumkin? Iltimos, ruhshunos shu mavzuda fikrlari bilan o‘rtoqlashsa degandim.
Farzona, 18 yosh


Muhabbatga aniq ta’rif berilmagan. Unda shartlarga ham o‘rin yo‘q. Yozuvchi aytganidek, har bir yurak uni yangilaydi. Hammaning sevgisi o‘ziga xos bo‘ladi. Belgilari-chi, deysizmi? Dugonajonlar, diqqat qiling, ruhshunos Shahnoza XALILOVA bilan mavzuni tahlil etamiz.

Maqsadsiz yigit bo‘lmaydi...

Hech bir erkak ayolning yoniga maqsadsiz kelmaydi. Yigitlar ham shunday. Ular qizning e’tibori, sevgisiga erishishni istab u tomon qadam tashlashadi. Maqsadiga erishish uchun undan nimalar talab qilinishini bilishni istaydi. Munosabatlarni esa hamisha ayol kishi boshqarishi shart. Agar boshqaruv rulini yigitning qo‘liga topshirsangiz, sevgi kemangiz «Titanik»dek g‘arq bo‘lishi hech gapmas. Chunki erkak zoti munosabatlarni boshqarish uchun yaratilmagan. Ular min ... Davomini o'qish »
0
Haqiqatan, bir guruh Misr olimlari navbatdagi tadqiqotlar natijasida erkakning sochiga tushgan oq nimaga olib kelishini aniqlashdi. Bu oddiy. Sochga oq tushishi organizmda ateroskleroz paydo bo'lishiga turtki ekan. Buning uchun olimlar ateroskleroz xastaligini yana bir karra o'rganib chiqishdi. Xastalik paydo bo'lish sabablari orasida erkaklar soch oqarish jarayoni ham bor ekan. Bu jarayon xastalik organizmga oson kirib kelishida muhim rol o'ynarkan.
Ammo soch oqarishi bilan bog'liq bu holat ayollarda kuzatilmaydi. Ularning sochiga tushgan oq hech qanday kasallikni keltirib chiqarmaydi.
0
Bir guruh amerikalik olimlar navbatdagi tadqiqotlar doirasida shokolad odamning ko‘rish qobiliyatini yaxshilashiga guvoh bo‘lishdi. Bunga shokolad tarkibidagi flavonollar sababchi ekan.

Tadqiqotlarda jami 30 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ularning aksariyati 26 yosh atrofidagi yigit-qizlar bo‘ldi. Ko‘ngillilar ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruhdagilarga 42 gramm qora shokolad, ikkinchi guruhga xuddi shuncha sutli shokolad berildi. Ikki soatdan so‘ng ko‘ngillilarning ko‘rish qobiliyati tekshirib ko‘rildi.

Ma’lum bo‘ldiki, qora shokolad iste’mol qilganlarning ko‘rish qobiliyati sutli shokolad yeganlarga qaraganda ancha yuqori darajani qayd etibdi. Bundan tashqari, ular ko‘zidagi qorong‘ilik uchun javobgar qismlar ham ijobiy tarafga o‘zgaribdi. Shubhasiz, bularning hammasiga shokoladdagi flavonollar ko‘z qorachig‘iga qon yetib kelish jarayonini yaxshilashi sabab hisoblanadi.
0

Dunyodagi g‘ayrioddiy nikohlar

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 26.04.2018
Odamzod paydo bo‘lganidan beri nikoh tushunchasini juda qadrlaydi. Bu tushunchani qalbiga jo qilgan holda mustahkam oila qurish, farzandlarni voyaga yetkazish, jufti bilan umrbod baxtli yashashga intiladi. Lekin dunyoni aylanib chiqsangiz, nikoh tushunchasining noodatiy, o‘zga xalqlarga umuman yot ko‘rinishlariga guvoh bo‘lasiz. Quyida shunday noodatiy nikohlarga misollar keltirib o‘tamiz.

POLIANDRIYA
Bu ayol bir necha erkak bilan oila qurib yashashi demakdir. Bunday nikohlar, asosan, Tibetning chekka hududlarida uchraydi. Agar oilada ikki aka-uka bo‘lsa, ular sira talashib, janjallashib o‘tirmay, bir ayolni nikohiga oladi. Lekin ayol dunyoga keltirgan farzandlar to‘ng‘ich akaning bolalari deb qabul qilinadi. Ukasiga esa bu farzandlar jiyan hisoblanadi.

VAQTINCHALIK NIKOH
Bunday nikoh Islom dini endi-endi yer yuzini zabt eta boshlagan paytlarda o‘ylab topilgan. Qadimiy xalqlar odatiga ko‘ra, erkak va ayol o‘zlari kelishgan holda ma’ ... Davomini o'qish »
0

Qizlarning ko‘rinishiga qarab bilib oling

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 25.04.2018
Har qanday insonning tashqi ko‘rinishi ma’lum darajada uning ichki qiyofasini aks ettiradi. Bu borada olimlar tomonidan o‘tkazilgan qator tadqiqotlar va tajribalaridan kelib chiqib, qizlarning tashqi ko‘rinishiga qarab ularning ichki dunyosi va qalb kechinmalarini bilib olish mumkin, degan xulosaga kelingan. Demak:

Oppoq va to‘ladan kelgan qizlar – ancha-muncha sevgi izhorlariga ishonavermaydigan, yigitlarning moddiy boyligiga qiziqmaydigan qizlar toifasidandir. Ularni ko‘proq ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan yigitlar o‘ziga jalb etadi. Jamiyatda o‘z o‘rniga va mavqeiga ega bo‘lgan shaxslarga hurmat nazari bilan qaraydilar. Ushbu toifaga kiruvchi qizlar qaysar va bir so‘zli bo‘ladilar.

Qorachadan kelgan, bug‘doyrang qizlar esa bir vaqtning o‘zida bittasini sevib bir nechtasini yoqtirishi mumkin. Lekin oxir oqibatda sevgisiga sodiq qolishadi. Ular fidoyi ayol bo‘lishadi. Biroq bu fidoyilik oqibatida yo‘qotgan imkoniyatlarini uddaburonlik bilan to‘ldir ... Davomini o'qish »
0
Tibbiyot va psixologiyani aralashtirsa nima bo‘lishini bilasizmi? Psixosomatika. Bu tibbiyotdagi yo‘nalish bo‘lib, u bizning his-tuyg‘ularimiz, qo‘rquvlarimiz va ruhiyatimizning salomatlikka ta’sirini o‘rganadi. Bizning ichki kechinmalarimiz va his-tuyg‘ularimiz jismoniy kasalliklarimizni keltirib chiqarishi ilmiy jihatdan isbotlangan.

Shunday qilib, sizning kasalliklaringiz nimadan dalolat beradi?

Bosh

Agar boshingiz tez-tez og‘rib tursa, bu fikrlar, xabarlar va o‘y-xayollaringiz «og‘rishi»ni bildiradi. Bosh og‘irig‘i o‘z hissiyotlarini ko‘rsatmaydigan yuqori aql sohiblarida ko‘p kuzatiladi. Bu muammo ko‘pincha o‘zini yetarlicha baholamaslik va qo‘rquvdan dalolat beradi.

Sochlar

Soch bilan bog‘liq muammolar (erta oqarishi, soch to‘kilishi, ularning sinuvchanligi) – stress, chorasizlik va noumidlik indikatorlaridir. Sochlar, ayniqsa ayollarda – hayotiy energiya ramzi hisoblanadi. Ins ... Davomini o'qish »
0

Aqlli odamning alomatlari

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 28.02.2018
* U o‘z fikrlari bilan qoladi. U muhim voqea yoki kashfiyot, avvalo, insonning botinida yuzaga kelishini tushunadi.

* Aqlli inson sezgida, fikrlashda aniqlikka intiladi. U yaxlitlik mayda detallardan tuzilganligini fahmlaydi, shuning uchun ikir-chikirlarga e’tiborli.

* Aqlsiz odam esa arang boshlaganda, o‘rtarog‘ida yoki tugatay deganda to‘xtab qoladi: “Balki, bajarmaslik kerakdir, ehtimol, hech kimga foydasi yo‘qdir”.

* Aqlli odam muayayn masalani yechish uchun keraksiz faktlar va ma’lumotlar bilan miyasini to‘ldirmaydi. Dunyoni o‘rganar ekan, eng avvalo, hodisalar, narsa-buyumlar o‘rtasidagi sabab-oqibatni fahmlashga urinadi.
0

Barmoqlar va fe’l-atvor

Автор: MAVRIKкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 17.02.2018
Qo‘llaringiz shakliga, barmoqlaringizga diqqat bilan qarang. Olimlar o‘tkazgan ko‘p yillik tadqiqotlarga ko‘ra, ularning uzunligi, qalinligiga, kaftlarning kengligi katta va kichikligi qarab, fe’l-atvorning qanday ekanligini bilib olish mumkin ekan. Quyidagi keltirilgan ma’lumotlardan aynan o‘zingizga tegishli bo‘lgan shaklni tanlab, o‘qing. Bu orqali fe’l-atvoringiz va o‘zingiz bilmagan boshqa xususiyatlaringiz haqida bilib olasiz.

TO‘RTBURChAK KAFT, KALTA BARMOQLAR
Yutuqlari: Bunday qo‘l kafti va barmoqlarga ega ayollar hayotda realistdirlar. Ular o‘z oldilariga aniq maqsad qo‘yib, shunga intiladilar, ushalmaydigan orzular haqida o‘ylamaydilar. Bu toifadagi ayollar begonalar bilan tez muloqot o‘rnata oladi, shu bilan birga, ular orasida hamma joyda tartib-qoidani o‘rnatuvchilar ko‘p uchraydi. Saranjomlikni xush ko‘rishadi, pazandalikni ham uddalaydilar. Turli xil marosim va an’analarni qadrlaydilar.

Kamchiliklari: Arzimas narsalardan katta muammo payd ... Davomini o'qish »
1 2 3 4 5 »