Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Qizlarni chuv tushirgan yigit

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 05.03.2021
Yoshi ancha ulug‘ bo‘lgan bir amaki qulog‘i og‘irligi uchun apparat orqali eshitardi. U kishi ham menga o‘zining ichki kechinmalarini gapirib bergandi. Yoshlik paytlari bu amaki juda kelishgan va baquvvat bo‘lib, qizlarning boshini aylantirishga juda usta ekan. Qizlarni uylanaman deb aldab, tashlab ketarkan. Uchta qizni shu ahvolga solib, keyin bosh­qasiga uylanibdi. Aksiga olib, xotini juda erkatoy va injiq chiqibdi hamda ikkalasi chiqisholmay, ajrashib ketishibdi. Keyinchalik bir bolali ayol bilan tanishib, shu bilan yashab ketibdi. “Men qizlarning muammosini, ichki dunyosini tushunishni xohlamasdim. Ular orzu qilgan oila, bola-chaqa degan tushunchalar meni qiziqtirmasdi. Men bitta qizni tashlab ketsam, ertasiga boshqasi yo‘limdan chiqib, gaplarimga mahliyo bo‘lib, o‘zi ortimdan ergashardi. Bu holdan ichimda g‘urur paydo bo‘lardi. Men o‘zimni hammadan ustun deb bilardim. Ana shu kibr tufayli o‘z baxtimni boy berdim. Hozir yaqin odamim ham, farzandim ham yo‘q. Yon-atrofdagilarimning “Hammasiga o‘zing aybdorsan”, degan gap-so‘zlari jonimga tegib ketgandi. Keyinchalik quloqlarim yaxshi eshitmay qoldi, ichkaridan bir shovqin paydo bo‘ldi”, degandi u kishi afsuslanib. Rostdan ham bu amakida atrofdigalarga nisbatan jangari bir tuyg‘u bor edi. U go‘yo hech kimni eshitmaslik uchun o‘z dun­yosida qamalib yashayotgandek edi…

Darhaqiqat, bizning ruhiy kechinmalarimiz tanamizdagi a’zolarimizga chambarchas bog‘liq. Agar atrofdagilarni eshitishni xohlamaslik, o‘jarlik va kibr ta’sirida hayotning noto‘g‘ri yo‘nalishidan ketayotganligimizni anglamasak, bizda ichki norozilik, g‘azab va jizzakilik kuchayib ketadi. Bunday salbiy his-tuyg‘ular quloqlarimizga ta’sir etadi.

Gulruh YoRMATOVA yozib oldi.

Теги: Yigit, qiz, aldash

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]