Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 120
Гостей: 120
Пользователей: 0
0

Qoraqalpog‘istonda pensiya tarqatish uchun 32 ta Damas ajratildi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.07.2019
Qoraqalpog‘istonda pensionerlar har oylik pensiya mablag‘larini mahalliy hokimlar, “Xalq banki” va pensiya jamg‘armasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq posyolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yig‘inlarida joylashgan kassalardan oladi. Bu haqda “Xalq banki” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘ining o‘rinbosari A.Sadiqov ma’lum qildi, deya xabar beradi “KRuz.uz”.

“Xalq banki” filiallaridan maxsus kassalarga naqd pullarni o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish uchun 32 ta Damas rusumli avtomashinalar bilan ta’minlandi.

Qoraqalpog‘istonda 407 fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, mazkur hududlarda 247 nafar bank xodimi faqat pensiya pullarini tarqatish bilan shug‘ullanadi.

Respublikadagi 168 ming 182 nafar (aprel oyi holatiga) pensioner uchun bir oyda talab qilinadigan mablag‘ 78 milliard 759 million so‘mni tashkil etadi.

Теги: pensiya tarqatish uchun damas

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]