Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Quruq yo‘tal. Sabablar va davolash usullari

Автор: MASSARIкатегория: Tibbiyot olamiдата: 15.12.2019
Yoz-u qish, shuningdek, bahor va kuzda quruq yo‘tal tinkani quritishi mumkin. Ammo shuni bilish lozimki, bu muayyan bir kasallik hisoblanmaydi, balki qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradigan refleks. Kishi yo‘talganda, havo yo‘llarini tozalashga harakat amalga oshadi, xolos.

Qizig‘i shundaki, quruq yo‘tal 50dan ortiq kasalliklarga tegishli bo‘lgan juda keng tarqalgan alomatdir, shuning uchun uzoq muddatli quruq yo‘talning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin.

Sabablar
Quruq yo‘tal yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan birga kechadi. Gripp yoki o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni davolash paytida namlantiriladi va balg‘am ko‘chishi bilan yo‘qoladi.

Uzoq muddatli quruq yo‘talga traxeit (nafas yo‘li yallig‘lanishi), faringit (tomoq shilliq pardasining yallig‘lanishi), bronxit (bronxlar, nafas yo‘llari yallig‘lanishi) va pnevmoniya (zotiljam) sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, nafas olish tizimining holati atrof-muhit va yomon odatlarga nisbatan ta’sirchan hisoblanadi va natijada quruq yo‘tal kelib chiqadi: xonada namlik yetarli bo‘lmasligi, konditsionerdan foydalanish, chekish va noto‘g‘ri ovqatlanish.

Bemorning o‘z salomatligiga nisbatan mas’uliyatsizligi tufayli uzoq muddatli quruq yo‘tal paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni shamollash asoratlarini oxirigacha davolamaslik, o‘zboshimchalik bilan harakat qilish, kasallikning ilk namoyon bo‘lishidayoq balg‘am ko‘chiruvchi vositalardan foydalanish.

Quruq yo‘talning noodatiy sabablari orasiga me’da shirasi kislotaliligi buzilishini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, quruq yo‘tal yurak yetishmovchiligida ham kuzatiladi.

Davolash
Agar quruq yo‘tal gripp yoki o‘tkir respirator virusli infeksiya bilan og‘riganingizdan keyingi bir haftadan ko‘proq vaqt davomida sizni bezovta qilsa, shifokorga borishingiz kerak.

Avvaliga terapevt bilan maslahatlashing. Shundan so‘ng u sizni LOR mutaxassisi, pulmonolog, kardiolog, nevrolog, gastroenterolog qabuliga yuborishi yoki darhol davolashni boshlashi mumkin.

Quruq yo‘talni mustaqil davolash haqida gap bo‘lishi mumkin emas: bemor xavfli patologiyaning rivojlanishini o‘tkizib yuborishi yoki uning o‘tishini yomonlashtirishi mumkin.

Теги: davolash, quruq yo'tal

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]