наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
16:39
Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti vakolat muddatini uzaytirishni taklif qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov prezidentlik muddatini uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda u “Interfaks” nashriga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Tjournal.

“Biz ham davlat rahbari vakolat muddatlarini uzaytirish haqidagi qarorni qabul qilishimiz mumkin deb hisoblayman. Nega Xitoy qabul qila oladi, Germaniya ham, biz esa yo‘q?!

Agar buni vaqt talab qilsa, bu Rossiya, xalqimiz manfaatlari uchun kerak bo‘lsa nega buni cheklashimiz, kimlargadir qarashimiz kerak? Qonunni kim o‘ylab chiqadi? Konstitutsiyani kim qabul qiladi? Xalq! Xalq manfaati uchun kerak ekan, nega o‘zgartirish kirita olmaymiz?

Buni hatto Putindan so‘rashimiz shart emas!”, — deydi Ramzan Qodirov.

Hozir mamlakat konstitutsiyasi prezident o‘z lavozimini ketma-ket ikki muddatdan ortiq egallamasligini ko‘zda tutadi.
Manba: Daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 491 | Добавил: VerSign | Теги: Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti v | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]