наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
23:27
Rasman: O‘zbekistonda ish haqi, stipendiyalar va nafaqa miqdori oshirildi

2018 yilning 15 iyulidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, penciyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravar oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda shunday deyiladi.

Davlat rahbari imzolagan hujjatga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi – oyiga 184 300 so‘m;
yoshga doir penciyalar – oyiga 360 460 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida etib belgilanadi.

Ish haqi hamda penciyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1926 | Добавил: MASSARI | Теги: pensiya, o'zbekiston, Ish haqi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]