Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Rasman: “Real” yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 22.02.2019
Xulen Lopetegi 2018-yilgi Jahon Chempionatidan so‘ng Madridning “Real”ini boshqaradi. Bu haqda klubning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.

51 yoshli ispan mutaxassisi ​bilan 3 yillik shartnoma tuzildi.

Lopetegi Ispaniya terma jamoasini 2016-yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvida jamoa 19 uchrashuv o‘tkazib, biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan (13 g‘alaba va 6 durang).

Ispaniyalik mutaxassis “Portu” (2014—2016-yillarda) va “Real Madrid Kastilya” jamoalarini (2008/09-yilgi mavsumda) boshqargan.

Xulen Lopetegi “Real”da 1988—1991-yillarda darvozabon bo‘lgan, biroq u madridliklar sharafini Ispaniya chempionatida faqat bir o‘yinda himoya qilgan. 1994—1997-yillarda u “Barselona” safida bo‘lgan, ammo u kataloniyaliklar klubida ham asosiy darvozabon bo‘la olmagan.

Теги: Xulen Lopetegi, Real Madrid

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]