Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Rasman: Rustam Ashurmatov Janubiy Koreya klubiga o‘tdi​

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 22.02.2019
Janubiy Koreyaning “Gvangju” klubi “Bunyodkor” himoyachisi Rustam Ashurmatov bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi, deb yozadi “Championat.asia”.

“Menga ”Gvangju“ o‘yin uslubi yoqdi. Yangi jamoamga tezroq qo‘shilish va o‘zimning yaxshi o‘yinlarimni namoyish etishni istayman”, — deydi Ashurmatov klub rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun, “Gvangju” Janubiy Koreya K-2 ligasida ishtirok etadi. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Park Jin Sub boshqarib bormoqda. O‘tgan mavsum ushbu klub safida braziliyalik Jil, Felipe Silva va Robson kabi legionerlar to‘p surdi. Bundan tashqari o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan yaponiyalik Sato Minori(“Bunyodkor”da to‘p surgandi) ham 2018-yilni “Gvangju” safida o‘tkazdi.

Jamoa o‘z uy o‘yinlarini 40245 muxlisga mo‘ljallangan “Gwangju World Cup” stadionida o‘tkazadi. Bu stadionda 2002-yilgi mundial bahslari bo‘lib o‘tgan. Janubiy Koreya K-2 ligasida yangi mavsum 2-mart kuni start oladi.

Теги: Rustam Ashurmatov, sport

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]