Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 61
Гостей: 61
Пользователей: 0
0

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 Livandan keyin Nepalni ham mag‘lub etdi

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 19.07.2019
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘ynash uchun harakat qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi saralashning 2-turida ham zafar quchdi.

Nepal olimpiyachilariga qarshi maydonga tushgan Ravshan Haydarov murabbiyligidagi jamoa 2:0 hisobida zafar quchdi. Hisob himoyachi Doston Tursunov tomonidan ochilgan bo‘lsa, keyinroq “Nasaf”ning Yevropa klublari qiziqayotgan a’zosi Aziz G‘aniyev ikkinchi golga mualliflik qildi.

Nepal ilk turda saralash mezboni BAA bilan o‘ynab, 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 1 ta avtogol hamda “Nasaf” hujumchisi Bobur Abduxoliqovning dubli sabab Livanni taslim qilgandi — 3:1.

Shu tariqa Nepal Osiyo chempionatidan chetda qoldi. O‘zbekiston hal qiluvchi o‘yinni 19-iyul kuni Amirlik termasiga qarshi o‘tkazadi. O‘z navbatida BAA olimpiyachilari bir necha soatdan keyin Livanga qarshi o‘yinni yakunlaydi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, guruh peshqadamlari Osiyo chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. 10 ta guruhning eng yaxshi ko‘rsatkichli 2-o‘rindagi besh jamoasiga ham shunday baxt nasib qiladi.

Asian Championship U23
Saralash. “D” guruhi. 2-tur
17-iyul, dushanba

BAA — Livan

O‘zbekiston — Nepal 2:0

Gollar: Doston Tursunov, 21 (1:0). Aziz G‘aniyev, 80 (2:0).

Теги: fudbol, sport

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]