наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
13:48
RedDrop - Ogoh bo‘ling! Yangi virus smartfon foydalanuvchilarining so‘zlarini yozib oladi!

Mobil xavsizlikka ixtisoslashgan “Wandera” kompaniyasi “Android” foydalanuvchilarini yangi “RedDrop” virusi haqida ogohlantirdi. U telefon egasini kuzatish, uning qurilmasidagi mikrofondan foydalangan holda atrofdagi so‘zlashuvlarni yozib olib, uni bulutli servisga jo‘natishga qodir, deb ma’lum qiladi “Xabar” nashri.

Ayni vaqtda “RedDrop” Xitoy hududida keng tarqalgan. Bunga ushbu mamlakatda rasmiy “Google Play” do‘konining bloklangani sabab bo‘lmoqda. Shu sababli foydalanuvchilar dasturlarni tashqi resurslardan tekshirmagan holda ko‘chirib olishga majbur. “Wandera” mutaxassislari “RedDrop” virusini 53 ta mobil o‘yin va dasturlar ichida borligini aniqladi.

Yovuz niyatli kimsalar zararli dasturni tarqatishda 4 000 dan ortiq domen va redirektlarning minglab murakkab zanjiridan foydalanmoqda. Smartfonga tushgan “RedDrop” virusini qurilmadagi ma’lumotlarni to‘plab uni alohida serverga jo‘natadi. Shu bilan birga gadjetga ichida viruslari bor boshqa yettita dastur ham o‘rnatilib qoladi. Uni ishga tushirgan foydalanuvchi avtomatik tarzda pulli SMS-servislarga ulanadi.

Virus bilan zararlanishning oldini olish uchun dasturlarni faqatgina sinalgan manbalardan ko‘chirib olish darkor.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 782 | Добавил: MASSARI | Теги: virus, RedDrop, android | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]