Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 360
Гостей: 360
Пользователей: 0
0

Rossiya mahbuslar borasida Yevropada yetakchi bo‘lib qolmoqda

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 20.04.2019
Rossiyaning mahbuslar bo‘yicha Yevropada yetakchilik mavqei saqlanib turibdi. Bu haqda Yevropa Kengashi uchun tayyorlangan Lozanna Universiteti ekspertlari hisobotida e’lon qilingan, deya yozadi “Vedomosti”.

Hisobotga ko‘ra, 2017-yil yanvaridan 2018-yil yanvarigacha Rossiyada 100 ming aholiga 418,3 mahbus to‘g‘ri kelgan. Bu qo‘shni davlatlar Gruziya (100 ming aholiga 252 kishi) va Ozarbayjondan (235) bir yarim barobar ko‘p degani. Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan esa to‘rt barobar ko‘proq: 100 ming aholiga 102,5 mahbus.

2018-yilda mahbuslarning umumiy soni 602 176 kishini tashkil etgan, bu Yevropaning boshqa istalgan davlatdagi mahbuslar sonidan ko‘p va Chernogoriyaning butun mamlakat aholisi soniga teng. Keyingi o‘rinlarni esa Buyuk Britaniya (84 373), Polsha (73 822) va Fransiya (69 596 mahbus) egallagan.

Eng kam mahbusga ega davlatlar qatoriga San-Marino (100 ming aholiga 18 nafar), Lixtenshteyn (31,5) va Islandiya (47) kirgan.

Shu bilan birga, Rossiyada so‘nggi o‘n yil ichida mahbuslar sonining sezilarli pasayishi ham kuzatilgan — 32,4%.

Rossiyada mahbuslarning aksariyati 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosini o‘taydi, 1 foizdan kamroq qismi esa umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan. Rossiyada eng ko‘p uchraydigan jinoyatlar giyohvand moddalar savdosi, qotillik, hujum va talonchilik hisoblanadi.

Теги: Rossiya mahbuslar borasida Yevropad

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]