Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 124
Статистика

Онлайн всего: 236
Гостей: 236
Пользователей: 0
0

Rossiyada 160 dona shokolad o‘g‘irlagan o‘zbekistonlikka jazo tayinlandi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 27.06.2019
O‘zbekiston fuqarosi gipermarketdan shokolad va IQOS chekish moslamasini o‘g‘irladi. Bu haqda Rossiyaning Tver shahar Proletar tuman sudi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qodirjon Jumaboyev o‘tgan yilning noyabr oyida Tver shahridagi “Karusel” savdo markazi omborxonasidan 30 dona IQOS 2.4 chekish moslamasi va 160 dona “Snikers” shokoladini o‘g‘irlagan.

Uning gipermarketga yetkazgan moddiy zarari 135 ming 491 rubl (taxminan 17,5 million so‘m) miqdorda baholangan.

Jinoyatchi o‘z aybini to‘liq tan olgan. U moddiy ahvoli yaxshi emasligi uchun bu jinoyatga qo‘l urganini ma’lum qilgan.

Sud hukm chiqarishda aybini tan olgani va jazoni yengillashtiruvchi holatlar — uning to‘rt nafar farzandi borligini e’tiborga oldi. Shuning uchun unga 9 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyada o‘tash belgilandi. Sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan va hukm ustidan shikoyat keltirish mumkin.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]