наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
20:33
Rossiyada Google domenini ommaviy ravishda blokirovka qilish boshlandi

“Roskomnadzor” Google’ning texnik domenini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi. Mutaxassislarning fikricha, yaqin vaqt ichida nafaqat Google resurslari, balki internetdagi ulardan foydalanuvchi ko‘plab saytlar qisman yoki to‘liq ochilmay qolishi mumkin.

“Roskomnadzor” tomonidan ma’lum qilinishicha, bloklash Zello dasturiga kirishning cheklanishi bilan bog‘liq holda amalga oshirilmoqda. Idora dasturning taqiqlangan manbalar ro‘yxatiga kiritilishi boshqa xizmatlar ishiga ta’sir qilmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Zello Rossiyada 2017-yilning aprel oyida bloklangan. Amerikaning mazkur xizmati axborot tarqatuvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish uchun ma’lumotlar taqdim etmagan, bu esa Rossiya qonunchiligi tomonidan talab qilinadi.
Manba: Daryo.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 211 | Добавил: VerSign | Теги: Rossiyada Google domenini ommaviy r | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]