Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

UYDA QOLING! | STAY HOME! | ОСТАВАЙТЕСЬ ДОМА!
0

Rossiyalik olimlar saraton xastaligiga davo topishdi

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 26.05.2020
Barchaga ma’lum, saraton xastaligi yillar o‘tgani sayin tobora ko‘payib bormoqda. Afsuski, dunyo mutaxassislari hozircha bu xastalikni ildizi bilan quritish imkonini beruvchi dori topa olishmayapti. Rossiyadagi «Tibbiyot nanotexnologiyalari» MChJ mutaxassislari tarkibida temir moddasi nanochastitsalari mavjud bo‘lgan yangi dori turini yaratishdi. Bu dori saraton shishini ichidan kuydirib yo‘q qilish xususiyatiga ega.

Dorida nafaqat temir, balki yana o‘ndan ortiq turli foydali moddalar ham bor. Ular o‘zaro birlashgan holda bemor organizmiga kimyoviy terapiya ta’sirini kuchaytiradi. Dori tomirga shprits yordamida yuboriladi. Keyin magnit maydoni hosil bo‘lib, dori to‘g‘ri saraton shishi ichkarisiga kirib boradi. Shu yerda nanochastitsalar 46 darajagacha isib, saraton shishini kuydira boshlaydi. Ko‘ribsizki, shishlar navbatma-navbat o‘limga yuz tutadi.

Dori ayni paytda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli yakun topsa, albatta hayotga tadbiq etiladi.

Теги: saraton kasalligi, rak, rossiya

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]