наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
23:20
"Samsung" buklanadigan smartfonidan 1 mln dona chiqarmoqchi

"Samsung" kompaniyasi dasturchilar uchun mo‘ljallangan anjumanda o‘zining egiluvchan displeyli bukiladigan smartfonini namoyish etgan edi, biroq qurilma bilan bog‘liq tafsilotlar batafsil aytilmagandi. Shunga qaramay, ushbu qiziqarli smartfon haqidagi ma’lumotlar turli manbalardan chiqib kelmoqda.

Koreya nashrlaridan birining yozishicha, "Samsung" ushbu smartfondan dastavval mln dona chiqarmoqchi. Kompaniya qurilma ustida cheksiz davrda ishlamoqchi emas, aksincha, uni bozorga ommaviy tarzda chiqarib, talabni o‘rganmoqchi. O‘z navbatida, mln dona smartfon 2019 yil boshigacha tayyor bo‘lib ulgurmaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon ikkita displeyga ega – buklov ochilganda egiluvchan "Infinity Flex" deb nomlangan OLED-ekran (7,3 dyuym, tasvir aniqligi – 1536 x 2152 piksel) ko‘rinsa, buklab qo‘yilganida old tomonida qo‘shimcha ekran (4,58 dyuym, tasvir aniqligi 840 x 1960 piksel) ishlab turadi.

Koreyaning o‘zida ushbu qurilma operatorlarning subsidiyalari hisobga olinmaganida, 2 mln vondan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Bu taxminan 1770 dollar yoki 14,6 mln so‘m demakdir.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 665 | Добавил: MASSARI | Теги: Bukuluvchan Smartfon, Samsung | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]