наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
00:05
Samsung Galaxy S10’ning modellari narxi ma’lum qilindi

Samsung Galaxy S10 model qatorining smartfonlari rasmiy taqdimotiga 2 oyga yaqin vaqt qoldi. Taqdimot 2019 yil 20 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Insayderlar ushbu smartfonning uchta modeli qancha turishini ma’lum qilishdi. Aytilgan narxlar hayratga solgan. Smartfonning eng arzon modeli eng qimmatidan 2 marta arzonroq bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, Samsung yangi flagman smartfonlariga maksimal ko‘proq e’tiborni jalb qilish va barcha raqobatdoshlaridan o‘zib ketish maqsadida ularni MWC 2019 ko‘rgazmasiga 5 kun qolganda rasman taqdim qiladi. Shundan keyin telefonlarga buyurtmalar olinishi boshlanishi kerak. Smartfonlar ko‘plab davlatlarda 8 mart kunidan sotuvga chiqariladi.

Kompaniyaning uchta yangi modeli Samsung Galaxy S10, Galaxy S10 va Galaxy S10+ chiqadi. So‘ngra ma’lum vaqtdan keyin sotuvga smartfonning 5 G tarmoqlarga ulana oluvchi modeli chiqariladi.

Xaridorlar Samsung Galaxy S10 Lite’ning faqatgina 64 Gb tezkor xotiraga ega versiyasini 881 dollarga xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Galaxy S10+’ni esa 128 Gb va 512 Gb xotiraga ega modifikatsiyalarda sotib olish mumkin bo‘ladi va ular mos ravishda 1007 va 1260 dollar turadi. Premial Galaxy S10+’ni 128 Gb, 512 Gb va 1024 Gbli modifikatsiyalarda mos ravishda 1134 dollar, 1386 dollar va 1765 dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi.

Yangi smartfonlar bir-biridan o‘lchamlari, kameralari soni, turli texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Samsung Galaxy S10 Lite 5,8-dyuymli, Galaxy S10 esa 6,1-dyuymli va Galaxy S10+ 6,4-dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Barcha modellarda Quad HD+ sifatidagi Super AMOLED-displeyi ishlatiladi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 1875 | Добавил: MASSARI | Теги: Samsung, Galaxy, Galaxy 10 | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]