Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

“Samsung” haqida nima bilasiz?

Автор: MASSARIкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 22.02.2019
Biz musulmonlar ham mana shunday rivojlanish va ishlab chiqarishlarga erisha olamiz.

Ishonchim komilki, ushbu olamga mashhur shirkat haqida 80% ma’lumotlarni bilmaysiz! Gohida, “Samsung” shirkatining dunyoni egallab olganini ko‘rib, "Bu imperiyami yoki kompaniyami?"-deya o‘ylanib qoladi inson.
Diqqat qiling, quyida “Samsung”ning siz bilgan va bilmagan sirlari haqida ma’lumotlar keltiraman.

– Dubaydagi dunyoning eng uzun burji hisoblanmish "Burjul-Xolifa"ni “Samsung” shirkati barpo etganini bilarmidingiz?
– Malayziyada barpo etilgan, dunyodagi eng uzun egizak minorani ham, aynan “Samsung” shirkati qurganini-chi?

– Aytishlaricha, “Samsung” Koreys tilida "Uch yulduz" ma’nosini ifodalaydi. Ushbu shirkatga ilk bora 1938 yilda asos solinganida, sabzavot do‘koni bo‘lgan. Bugunga kelib, turli rusumdagi moshina va samalyotlardan tortib, kir yuvish moshinasi-yu, muzlatgich, televizor xullas barcha elektron jihozlarigacha ishlab chiqarmoqda. Hatto, qo‘l soatlar ham ishlab chiqariladi.

– “Samsung” kompaniyasining dunyo mintaqasi bo‘ylab 60 dan ziyod davlatlarda 80 xil ish turlari mavjud. Ulardan:
– Maktab va oliygohlar, hayvonot bog‘lari, yosh bolalar uchun bog‘chalar, kasalxonalar, jarrohlik markazlari va mehmonxonalardir.

– “Samsung” kompaniyasi neft tashuvchi yirik shirkatlarga ham ega. Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu shirkat neft tashish uchun eng qulay va arzon, hamda eng yirik shirkat hisoblanadi.

– Shuningdek, sayyohlik agentliklariga ham ega. Qolaversa ayrim kiyim sexlar ham “Samsung”ga tobe ravishda chiqarilishi aytilgan. Bunga misol, “Fobu” kiyim-kechak sexidir.

– Aytishlaricha, “Samsung” shirkati tibbiy izlanishlar uchun yiliga 100 million AQSh dollari miqdorida xayriya puli ajratadi.

– Bu shirkatning yana bir mashhur bo‘lmagan kichik shirkati bo‘lib, u “slogon” deya nomlanadi. Bu shirkatda Janubiy Koreya harbiy sohada foydalanadigan "K9" tanklari ishlab chiqariladi.

– “Samsung” kompanyasi jangovor uchuvchisiz samalyotlar yetishtirib chiqaradi.
– “Samsung” Tibbiy izlanishlar bo‘yicha maxsus qismga ega.

– "Samsung” turli imkoniyatlarga ega robotlar yetishtirib chiqaradi. Ulardan, jangovor robotlarni misol keltirish mumkin. Ushbu turdagi robotlar qarshi taraf bilan ittifoq tarafni ajrata oladi. Bu turdagi robotlardan asosan qo‘riqchi sifatida foydalaniladi.

– “Samsung” elektron sxemalar ham ishlab chiqaradi. Bu asosan “Apple Macintosh” hamda “Iphone” shirkatlari uchun xos ravishda yetishtiriladi.

– Bilsangiz, ayni damda “Samsung” shirkati, mutaxassis bo‘lgan 490 ming ishchiga ega. Bu degani “Google” va “Apple Macintosh” ishchilaridan ikki barobar ko‘p degani.

– “Samsung” kompaniyasining yillik daromadi 300 milliard dollar atrofida.

– “Samsung” kompaniyasiga tobe “Tubo” liboslar shirkati haqida aytgan edim. Mazkur shirkatga 1995 yili atiga 2 million dollar bilan asos solingan ekan. Bugunga kelib, yiliga 2 milliard dollar miqdorida daromad keltiradi.

Biz musulmonlar ham mana shunday rivojlanish va ishlab chiqarishlarga erisha olamiz. Faqat, buning uchun o‘zaro nizolashishlarni, behuda tortishuvlarni, ko‘rolmaslik, turli firqalarga bo‘linib olish vahokazolarni tark etishimiz lozim.

Eng muhimi, ular o‘z aqidalaridan balqib chiquvchi tuzumni hayotlarida tatbiq etishlari oqibatida shunday mashhurlik va muvaffaqiyatga erishdilar. Agar musulmonlar ham o‘z aqidalaridan kelib chiqadigan tuzum asosida yashasa, so‘zsiz rivojlanishning eng cho‘qqisida bo‘ladilar. Ishonchim komilki, rivojlanish bo‘yicha olamga dars beradilar.

Sahroda o‘sgan, badaviy sahobalar, madaniyat va hazorotga to‘la Rum va Fors imperiyalariga madaniyatni o‘rgatib qo‘ygan edilar. Ularni bu darajaga olib chiqqan yagona narsa, Islom aqidasi asosida hayot kechirganlari, xolos. Shu bilan aziz bo‘ldilar. Umar roziyallohu anhu aytganlaridek, "Alloh bizni Islom bilan aziz qildi. Agar undan o‘zgasini istasak, bizni yana xor qiladi" mana shu barcha savol ostida qolayotgan musulmonlarning qoloqligiga, kun sayin xo‘rlanishlari ortib borayotganiga javobdir. Biz nimani tashlab, nimani istamoqdamiz? Bir boqib qo‘yaylik!
Ma’mur MUXTOR

Теги: Samsung, Brend

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]