наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
16:40
Samsung talabalar uchun internetga ulana olmaydigan smartfonni chiqardi

Samsung kompaniyasi Janubiy Koreyada J2 Pro smartfonini chiqardi, deb yozadi Tjournal. Undan na uyali aloqa orqali va na Wi-Fi orqali internetga ulanadi.

Qurilma talabalar va qariyalar uchun mo‘ljallangan. G‘oya shundan iboratki, talabalar o‘qish vaqtida ijtimoiy tarmoqlar va memlarga chalg‘ib ketmaydi. Natijada ular yaxshiroq o‘qishni boshlaydi, keksa kishilar esa qo‘shimcha “murakkab” funksiyalari bo‘lmagan qurilmadan foydalanishi qulayroq bo‘ladi.

Smartfon 5 dyuymli AMOLED-ekran, to‘rt yadroli protsessor (nomi oshkor etilmadi), 1,1 Gb tezkor xotira, microSD kartasi uchun slot, 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Qurilmaga dasturlarni APK-fayl ko‘rinishida USB-sim orqali kompyuterdan yuklab olish orqaligina o‘rnatish mumkin. Unda kalkulyator, qaydlar va lug‘at kabi oldindan o‘rnatilgan dasturlar ham bor.

J2 Pro 186 dollarga tushadi, ammo 18—21 yoshdagi mijozlar uchun Samsung smartfonni maxsus shartlar asosida taqdim etadi. 2019 va 2020-yillarda davlat imtihonini topshirib bo‘lgach, talabalar Galaxy S, Note va A-seriya lineykasidagi qurilmalarni bepul tarzda J2 Pro’ga almashtirib olishi mumkin.
Manba: Daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 688 | Добавил: VerSign | Теги: Samsung talabalar uchun internetga | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]