Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Sayyoramizni ochlikdan saqlab qolishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni bilasizmi?

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 14.11.2019
Ekspert olimlar sayyoramizni saqlab qolishi va boqishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat turini ma’lum qildi. Bular hasharotlardir, deya yozadi «CNN»ga tayanib Xabar.uz.

Olimlar aytishicha, «yaqin kelajakda siz kriket unidan tayyorlangan nonni maydalashingiz, hasharot kukunidan tayyorlangan oqsil sutidan ichishingiz mumkin».

Ushbu taom bugungi kunda iste’mol qilayotgan non, smetana, tuxumdan to‘rt baravar ko‘p temir, protein, uch baravar ko‘p oqsil va ko‘proq vitamin-minerallarni beradi. Hashoratlar sayyoramizni global ochlikdan saqlab qoladigan eng muqobil oziq turidir, deyiladi maqolada.

«Global Market Insights» tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, AQShda yeyiladigan hasharotlar bozori 2017 yilda 55 million dollarni tashkil qildi va 2024 yilga kelib 80 million dollargacha o‘sishi kutilmoqda.

Yevropa ham xuddi shunday yo‘l tutmoqda, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari asrning choragiga qadar 270 million dollarlik hasharotlarni iste’mol qilishi kutilmoqda.

Yuqori sifatli oqsilga bo‘lgan talabning oshishi, barqarorlik va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qarshi kurash, o‘sib borayotgan talabni yanada ortirmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida eng ko‘p iste’mol qilinadigan hasharotlar guruhlari: chumolilar, qo‘ng‘izlar, asalarilar, tirtillar, sikadalar, kriketlar, ninachilar, pashshalar, chigirtkalar, barg qurtlari, termitlar hisoblanadi.

Теги: Ochlik, Oziq-Ovqat

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]