наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
03:10
"Senga oshiqman" hind seriali voqealar rivoji 159-qism

Ishani: - Seni bu uydan ham RVni hayotidan ham haydab solaman.
Ritika: - Sen RVni telefoniga javob bermaysanmi? Qiziq men sen haqingda RVga aytaman. Sen esa meni qotilligimni aytmoqchisan. Kim birinchi bo'lib rvga haqiqatni aytsa o'sha yutadi.
Ishani telefonga javob berish uchun tugmani bosadi. RV uyga kelib o'zini xonasi tomon boradi. U Ishanini oldiga borib, qo'lidan ushlab xonadan olib chiqadi.
Ishani: - Nima bo'ldi? Meni qayerga olib ketyapsiz?
RV Ishaniga qarab uni yelkasidan ushlaydi va keyin uni chemadanini oladi. U narsalarini joylaydi. Ishani unga qarab turadi. RV o'ylaydi: uchlik paydo bo'lganda men unga tushuntira olmayman. Ikkimizga ham og'ir. Uni deb Shekharga qiyin deb o'ylaydi. Shekharni gaplarini eslaydi: "men mast emas edim. Shunchaki seni Ishaniga nisbatan ishonchini bilmoqchi edim. Ishani xotirasini yo'qotgan Bolsa ham seni haqingda eslayapti. Sen Ishanini qattiq sevishingni ham bilaman."
RV uni to'xtatmoqchi bo'ladi:
- Men Ishanini unutishni istagandim. Ishani meni hech qachon sevmagan. U Chiragni sevgan. Keyin qamoqqa ketdi. Qamoqdan chiqqanidan keyin esa seni oldingga ketdi. Men hech qachon Ishanini bo'lagi bo'lmaganman. U hozir ham meni oldimga yoshligimizdan birga katta bo'lganimiz uchun keldi. Qachon xotirasi tiklansa u seni oldingga qaytadi. Men bilan faqatgina uni xotirasi qoladi holos. - deydi.
Ishani RVni oldiga borib unga tegadi. RV hayollaridan o'ziga keladi.
RV: - Men xonamga ketaman.
Ishani: - Nega?
RV: - Bilaman. Biz er-xotinmiz. Lekin o'tgan tundagi voqea yana takrorlanishini istamayman. Biz er-xotindek yashay olmaymiz. Menga bugun og'ir bo'ldi. Meni deb bir odamga ham og'ir bo'ldi. U hatto ichdi ham
Ishani: - Unga nima bo'ldi?
RV: - Shekhar ichibdi. U seni sog'inyapti. Men kelajagimizni bilmaganim uchun bu xonani tark etaman.
Ular bir-biriga qarashadi. RV o'ylaydi: "Ishani xotirasini yo'qotgani uchun u menga erim deb o'ylab yaqinlashmoqchi. Lekin u Shekharga turmushga chiqmoqchi ekanini eslolmayapti. Men esa Ritikaga."
Ishani esa: "U meni juda ham sevgani va sevgimizni hurmat qilgani uchun bu xonadan chiqib ketyapti. Bo'lmasam u shunchaki tashlab ketmasdi." deb o'ylaydi.
Ishani: - Nimadir demoqchimisiz.
RV: - Yo'q.
RV ham undan shuni so'raydi. Ishani ham yo'q deydi. RV xonadan chemadanini olib chiqib ketadi. Ritika RVni xonadan chemadan bilan chiqib ketayotganini ko'rib xursand bo'ladi.
Ritika: - RV meni deb Ishanini tashlab ketdi. Bu meni ishimni yengil qildi. Bu uyda Ishanini sanoqli kunlari qoldi. RV xonasiga keladi. Uni ortidan Ishani keladi.
RV: - Yana nima?
Ishani: - Men erimsiz uxlay olaman. Lekin erim qiynalib uxlayotganiga chidolmayman. Shuning uchun men hech bo'lmasa kravatingizni to'g'rilab bermoqchiman.
Ishani shunday deb RVni kravatini to'g'rilab beradi va ketadi. Ishani Shekharga qo'ng'iroq qiladi:
- Ahvolingiz yaxshimi?
Shekhar: - Hammasi joyida.
Ishani: - RV sizni mast ichgan dedi. Men sizdan xavotir oldim.
Shekhar: - Uzr!
Ishani: - Nima uchun? Nima bo'ldi o'zi?
Shekhar: - Meni deb sal qolsa seni rejang buzilardi. Bularni hammasi qasos olish uchunligini unutib qo'yay dedim.
Ishani: - Siz men bilan bo'lganingiz uchun sizga ishonaman. Men o'zimga 7 kun berdim.
Shekhar: - Hozir hech narsa gapirma. Nima uchun bu ishni qilyotganingni bilaman.
Shekhar shunday degancha telefonni o'chiradi. Shekhar: "Ishani RVni qutqarmoqchi bo'lsa, unda Ishani RV bilan 7 hayotida ham birga bo'lishi kerak." deydi o'ziga o'zi.
Ishani: - RV bilan Shekhar meni deb azoblanishyapti. Men tezroq Ritikani sirini ochib bu yerdan ketishim kerak. - deydi o'ziga o'zi. Ishani Ritika o'tirgan xonaga kirib keladi.
Ritika: - Nima bo'ldi. RV o'zini xonasiga uhlagani kirib ketdimi? U hech qachon sen bilan uxlamasligini bilardim.
Ishani: - Ayb senda bo'la turib, koziga qanday qarayapsan? Bilasanmi o'tgan tunda nima bo'ldi? Nima demoqchiligimni tushungandirsan? Meni haligacha belim og'riyapti. Shuning uchun u alohida uxlash uchun boshqa xonaga chiqib ketdi. Senga yana bir yangiligim bor. Bugun men sen bilan uxlayman.
Ritika: - Nima? Hech qachon!
Ishani: - RV o'zini xonasida uhlayapti. Men esa yolg'iz uxlashni istamayman. Ishani Ritikani bolasiga:
- Bolajon, bugun seni oying men bilan birga uxlaydi. Meni qo'riqlash uchun RVni oldiga kirib ketmasligim uchun oying menga qaraydi. - deydi.
Ritika: - Hech qachon u biz bilan xonamizda uxlamaydi. - deydi.
Ishani: - Rad etish muammolarga olib keladi. Bo'lmasa men uni oilasiga o'tgan tunda nimalar bo'lganini aytib berishim kerak bo'ladi.
Ritikani jaxli chiqib ketadi. Ishani kulib uni ortidan baqirib:
- Men hozir kiyinib kelaman. - deydi.
Ertasi kuni Cheytali Pratikga gapirib pastga tushadi:
- RV ikkita xotin bilan yashayapti. U Ishanini xotirasi qaytgunicha yashaydi degan gapga hech kim ishonmaydi. Lakshmi stoldagi qalampir muruchdan totib ko'rib, oshxonaga Mala bilan sut ichish uchun yugurib ketadi. Cheytali bilan Pratik stol atrofiga kelishadi.
Cheytali: - Qiziq?! RV kim bilan qolarkan? Ishani bilanmi yoki Ritika bilanmi? Menga qiziq! U kim bilan uxlayotgan ekan?
Amba kelib stolga RV bilan Ritikani chaqiradi. Ritika bilan Ishani baravariga javob berishadi. Cheytali ularni ko'rish uchun boradi. Pratik uni ortidan boradi. Xonada Ishani Ritikaga:
- Tezroq bo'l. Bo'lmasa yana RV bilan birga bo'lolmadim deb gapirasan. - deydi.
Ularni Cheytali eshitib turardi. Cheytali Pratikga:
- Ular ikkalasi RV bilan xonada yotishibdi. - deydi.
RV xonaga kelib: - Ishani qayerda ekan? - deb shkafdan ko'ylagini olish uchun boradi. Eshikni ochib ikkita ko'ylakni ko'radi. Bitta ko'ylakni Ishani, bittasini Ritika ushlab turardi. Ular qo'lidagi ko'ylakni kiyishini so'rashadi.
Ishani: - Men bu ko'ylakni dazmollab qo'ygandim.
Ritika: - Men bu ko'ylakni tugmasini tikib qo'ydim.
Ranvirni ro'parasida ikkita ko'ylak turardi. Ritika bilan Ishani o'zi xoxlagan ko'ylakni tanlashini so'rashadi. Ranvir shkafdan boshqa ko'ylakni olib:
- Men bugun shu ko'ylakda ketaman. - deydi va xonadan chiqib ketayotib:
- Nega bular o'zini bunday tutishyapti? - deydi.
Cheytali Pratik bilan zalda ketishadi. Amba bilan Lakshmi ularni kuzatishadi. Cheytali bilan Pratik stol atrofiga o'tirishadi. Cheytali Pratikga pichirlab:
- Ranvir kim bilan chiqar ekan? Ishani bilanmi yoki Ritika bilanmi? Shuni kuzatib turishimiz kerak.
Ranvir xonadan ikkalasi bilan bir tomonida Ishani bir tomonida Ritika bilan chiqadi. Ular uchchalasi pastga baravar tushishadi. Hamma ularni ko'rib shokda edi. Ishani bilan Ritika hamma bilan salomlashishadi. Ritika bilan Ishani o'zlari tanlagan ovqatdan yeb ko'rishini aytishadi.
Ranvir: - Agar Ishanini ovqatini olmasam Ishanini ko'ngli og'riydi. Agar Ritikanikini olmasam bergan va'damni buzgan bo'laman. - deb o'ylaydi.
Ranvir: - Men ofisda choy ichib olaman. Chunki men ishga kech qolyapman.
U shunday degancha ketmoqchi bo'ladi.
Ishani: - Kechki ovqatdan yeysizmi?
Ritika: - U aytmoqchiki, qachon kelasiz demoqchi?
Ranvir: - Bular o'zini shunday tutaversa, men qand kasalini o'zimga orttirib olaman. - deb o'ylaydi.
Ranvir: - Men kechki ovqatni ham ofisda yeyman. - deb ketadi
Ranvir ketishi bilan Ritika:
- Ranvir meni kechki ovqatga olib boradi.
Ishani: - O'zingga ishonaverma.
Keyin hamma ularni kuzatib turganini sezib qolishadi va ular huddi dugonalardek stol oldiga o'tirishadi.
Amba: - Bu dugonalik Ranvirga juda qimmatga tushadi - deb o'ylaydi.
Ranvirga mijozi qo'ng'iroq qilib:
- Men sizga taklifnoma yuborgandim. Sizga yetib borgan bo'lishi kerak edi. Men sizni o'zimni 25 yillik yubileyimga taklif qilmoqchi edim. Ritikani ham o'zingiz bilan olib keling. - deydi.
Ranvir: - Nega?
Mijoz: - Siz hech qachon uni kechalarga, taqdirlash marosimiga olib bormagansiz.
Janob Chadda o'zini xotinini ko'rib, uni oldiga boradi.
Xotini: - Nega Ritikani taklif qildingiz? U hali RVga turmushga chiqmagan ediku. Uni birinchi xotini Ishani qaytib kelganini bilardingizku. U ikkala xotini bilan ham yashayotgan ekan. Siz Ritikani taklif qildingiz. Men esa Ishanini taklif qilgandim.
Janob Chadda unda Ranvir kim bilan keladi deydi. Ular ikkalasi baxslashib qolishadi. Ranvir kim bilan keladi deb. Ranvir endi nima qilishini bilmay xavotirlanadi. Janob Chadda Ritikani taklif qildi. Endi uni o'zim bilan olishimga to'g'ri keladi. - deb o'ylaydi. Ranvirga Ishani qo'n'giroq qiladi.
Ishani: - Janob Chaddaning xotini ikkimizni to'ylari yubileyiga taklif qildi. Qaysi rangdagi sariyimni kiyay?
Ranvir esankirab:
- Meni muhim ishim bor edi. - deb telefonini qo'yib qo'yadi.
Ranvir: - Endi nima qilaman. - deydi o'ziga o'zi.
Ranvir Janob Chaddaga qo'ng'iroq qilib:
- Qaysi xotinimni taklif qilgandimgiz Ishaninimi yoki Ritikanimi? - deydi.
Janob Chadda: - O'zingiz bilasiz. Xotinim aytishicha birinchi xotin haqiqiysi deydi doim. Qanday qaror qabul qilsangiz ham men siz tomonman. - deydi.



Ranvir har qanday qaror qabul qilsa ham muammo chiqishini bilardi. Amba Ritikaga taqinchoqlarini ko'rsatadi. Lakshmi taqinchoqlarga qarab baxo boradi.
Amba: - Janob Chadda Ranvirni eski mijozilaridan biri. Ranvir unga yaxshi sovg'a berishini xoxlardim.
Ishani stol oldiga kelib sochini tepaga qilib yig'adi. Zargar taqinchoqni tanlaydi. Ranvir uyga kelib zargar Ishaniga ko'zini uzmasdan qarayotganini sezadi . Ranvir Ishanini ochiq kuragini ko'rib jahli chiqadi. Ranvir Ishanini oldiga borib, taqinchog'ini oladi va sochlari pastga tushadi.
Ishani ortiga qarab: - Nima boldi? - deydi.
Ranvir jahli chiqib zargarni oldiga borib, uni yoqasidan ushlaydi:
- Seni urmasimdan avval bu yerdan jo'nab qol. - deydi.
Amba: - Nima bo'ldi?
Ranvir: - Ketasanmi bu yerdan?
Zargar ketadi. Ranvir xonasiga ketadi. Ishani uni ortidan xonaga kiradi.
Amba: - Nima qildi u?
Ritka: - U kishi Ishaniga qaragandi.
Amba: - Ishani qachon Ranvirni hayotini tinch qo'yarkan? Ritika tayyorgarlik ko'r. Sizlar kechaga borishingiz kerak.
Ritika: - Men bora olmayman. Bu kechaga Ishanini ham taklif qilishgan. U Ranvir bilan birga boradi.
Amba: - Men Ishanini kechaga borishiga yo'l qo'ymayman.
Ritika: - Bu qari xonim doim meni asabimga tegadi. Lekin u menga doim yordam beradi. - deydi o'ziga o'zi xonada. Ranvir jaxl bilan kirib pidjakini yechadi. Ishani uni ortidan kirib keladi.
Ishani: - Nima bo'ldi?
Ranvir Ishanini orqasi bilan oynaga qilib, sochini yig'adi. Ishani o'girilgach, RV uning ochiq turgan kuragini koradi. Ranvir: - Meni uyimda xotinimga boshqa odam qaradi...
Keyin to'xtab qolib: - U boshqa odamlarni uyiga kirishiga arzimaydi.
Ishani: - Xotin erini oldida bo'lganida kayfiyatingizni buzmasligingiz kerak. Men hech nimadan xavotirlanyotganim yo'q. Menga bir kulib qo'ying.
Ranvir Ishaniga qaraydi. Ishani kulishini so'raydi. Ranvir jilmayib qo'yadi. Ishani Ranvirni bo'ynidan ushlab:
- Meni erim shunday. Endi meni navbatim. - deydi.
Ranvir: - Bu nima deganing?
Ishani Ranvirni kastyumini olib keladi. Ranvir nimadir demoqchi boladi. Lekin Ishani kiyinishga majbur qiladi.
Ishani: - Ranvir men uchun ko'p qayg'uradi doim. Meni ham unga bo'lgan munosabatim o'zgarib boryapti. - deb o'ylaydi. Ranvir eshik oldida to'xtab:
- Ishani tayyor. Men Ritikani uyda qolishga ko'ndirishim kerak. - deb o'ylaydi.
Ishani xonasidan tayyor bo'lib chiqadi. U Amba va Ritikani gapini eshitib qoladi.
Ritika: - Men Ranvirga hamma taqinchoqlarni ko'rsatdim. Lekin Ranvir menga bular kerak emas. Unga oddiy sovg'a bermoqchi ekan dedi - deydi.
Ritika: - Soat kechki olti bo'ldi. Kim sovg'ani olib keladi? Men bora olmayman.
Amba: - Men ham bora olmayman.
Ritika do'konga qo'ng'iroq qilib buyurtmani olib kela olishadimi yo'qmi shuni biladi.
Ishani: - agar buyurtmani do'kondagilar olib kelib berishmasa, unda men sovg'ani o'zim borib olaman. - deb o'ylaydi. Ishani xonaga o'tib ketayotganini Amba ko'rib qoladi.
Amba: - Tomoshani bas qil Ritika. Ishani ketdi.
Ishani Malaga: - Ranvirga aytib qo'ying. Men u bilan bazmda ko'rishib olaman.
U shunday degancha ketadi. Ritika chiqib Malani to'xtatib, Lakshmini oldiga tez borishini va Ishanini gapini Ranvirga o'zi yetkazib qo'yishini aytadi. Ishanini uydan chiqib ketayotganini Ritika balkondan kuzatib turadi...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi

Manba: zamonaviy.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 1495 | Добавил: MASSARI | Теги: senga oshiqman, Voqealar rivoji | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]