Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!


"BEQAROR" TURK SERIALI
BARCHA QISMLARI
BARCHA SOUNDTRACKLARI
Категория
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 1614
Статистика

Онлайн всего: 144
Гостей: 144
Пользователей: 0
0

Sensatsiya: O‘zbekistondagi g‘or yer osti «Everest»i nomiga da’vogar

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 18.09.2019
O‘zbekistondagi g‘orlardan biri dunyoning eng chuqur g‘orlaridan biri sifatida e’tirof etilishi mumkin, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. Ural speleologlar uyushmasining Rossiya geogafik jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi ostidagi Surxondaryo viloyati Cho‘li Bair tog‘li massividagi speleologik ekspeditsiyasi sensatsion natija bilan yakunlandi. V.Loginov rahbarligi ostidagi A.Vishnevskiy nomidagi g‘orda (ChB-15) o‘tgan 20 kunlik ekspeditsiya davomida «-1284 metr»lik chuqurlikka erishilgan.

G‘orning uzunligi 15 kilometrni tashkil qilgan. Cho‘li Bairdagi ushbu g‘or suv bosgan galereyadan boshlanib, 20 metrlik quduq bilan tugaydi. Topografik tasvir shuni ko‘rsatdiki, g‘or bugungi kunda O‘zbekistondagi va umuman Markaziy Osiyodagi eng chuqur g‘or hisoblangan, 1415 m. amplitudaga yetgan Boy-Buloqqa juda yaqin keldi. Bu ikki g‘orning birlashuvi fenomenal chuqurlik – 2 kilometrdan ortiqni qayd etadi va bu uni A.Verevkin (2212 m.) hamda Kruber (2197 m.) g‘orlaridan keyin dunyoning uchinchi eng chuqur g‘origa aylantiradi.

Nazariy jihatdan massivning salohiyati yuqorida yangi g‘orlarning aniqlanishi hamda ularning bir ulkan tizimga aylanishi hisobiga chuqurligi jihatidan jahon rekordini o‘rnatish imkonini yaratadi. G‘orlardagi tadqiqotlar 2020 yilda davom ettiriladi.

Теги: G'or, o'zbekiston, Everest

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]