наверх
Главная » Новости » Sevgi Iztirobi Turk Serial Voqealar Rivoji
20:10
Sevgi Iztirobi Turk seriali voqealar rivoji 12-qism (Ozanning siri ochiladimi?)

Avvalgi 11-qismni o'qish >>

Serialga kundan kunga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. Shuningdek serial kundan kunga qizib bormoqda. Do'stlaringizni saytimizga taklif eting. Bizning sayt www.zamonaviy.uz

Emir xonadan chiqib ketish chog'ida Kemalning stoli ustidagi rasmga ko'zi tushadi.
Emir: - Sizning oilangizmi?
Kemal: - Ha, mening oilam.
Emir: - Qanday baxtli oila. Ollohim o'z panohida asrasin.
Emir shunday degancha xonadan chiqib ketadi.
Tufan sartaroshxonaga keladi. Uning sochini Tarik olishga tushadi.
Tufan: - Sizlar ota-bola birga ishlaysizmi?
Xuseyn: - Xa. 2ta farzandim bor. Katta o'g'lim Tarik.
Tufan: - O'g'lingiz bittami?
Xuseyn: - Yo'q. Kemal ham bor. U shaxtachi bo'lib ishlaydi.
Tarik: - Dada u avval shaxtachi bo'lgan. Endi esa direktor.
Dadasi Tarikka tanbex berib tashqariga chiqib ketadi.
Zeynep esa Semaga qo'ng'iroq qilib u bilan gaplashadi va yo'lda Ozan bilan ko'rishib qoladi. Ozan Zeynep bilan gaplashadi. Ular qaytadan tanishib olishadi. Zeynep avtobusda ketayotsa, telefoniga xabar keladi. Xabarni o'qib biroz o'ylanadi va javob yozadi. U Ozan bilan xabarlashayotgan edi.
Emir bankka borib, u yerdagi qutisini oladi so'ng ichidan fleshkalarini oladi va o'ylaydi. 5 yil avval:
Emir: - Menga bir yordaming kerak. Menga bir qiz kerak. O'yin uchun.
Qiz: - Mendagi qizlar bir kunga ikki kunga bo'lishi mumkin. Lekin butun umrga emas.
Emir: - Uning hech kimi bo'lmasin. Orqasidan surishtirishmasin.
Qiz: - Xo'sh keyinchi?...
Emir: - Agar shunday qiz topsang, seni xursand qilardim.
Emir shunday deb cho'ntagidan chek qog'ozi oladi.
Qiz: - Qanchalik baxtli qilolasiz?
Emir: - Bu yetadimi?
Qiz chekni olib kulib qo'yadi. So'ng Emirning yoniga o'tirib, ruchkasini oladi va chekka yana bir raqam qo'shadi.
Qiz: - Mana meni baxtli qiladigan.
Emir: - Kelishdik. Qachon ish bitsa keyin men chekka imzo qo'yaman.

Emir o'ylab bo'lgach fleshkalarni cho'ntagiga soladi.
Vildan olib kelgan narsalarini xizmatkorga beradi. Shu payt Emir xizmatkorga qo'ng'iroq qiladi va Televizor bor xonani tayyorlab qo'yishini va Vildanni kutib turishini aytadi. Onder va Vildan yana tortishib qolishadi.
Nihan dengizga termulgancha turadi. Uning yoniga kuchugi keladi. Nihan u bilan o'ynaydi. Bir chetda esa Nihanni Emirning odamlari kuzatib turadi.
Tarik Kemal yuborgan mashinkani ko'rib jaxli chiqib dadasiga baqirib chiqib ketadi. Tufan esa ularni oldida edi. So'ng u jo'nab ketadi.
Kemal Asuning xonasiga keladi. Shu payt Kemalga dadasi qo'ng'iroq qiladi va muhim gap borligini aytadi.
Kemal sartaroshxonaga keladi va akasini so'raydi. Kemal stoldagi qutisidan ochilmagan mashinkani ko'radi. So'ng akasiga yoqmaganini va unga yordam berish uchun olganini aytadi.
Televizorda o'sha mavhum voqea tasvirga tushirilgan videoni ko'rsatadi va Emir:
- Tugadi - deydi.
Onder va Vildan unga qarab turardi.
Emir: - Kim aytadi? Bu videodan nimani tushundingiz? Qani, gapiringlar.
Onder va Vildan indamay turadi.
Emir: - Demak, bu video sizning o'g'lingiz bir qizni o'ldirib qo'ygani haqida. Shu sababli men o'g'lingiz hamda shu oilaga pul to'lab kelmoqdaman. Asab va Stress kasalligi uchun. Men pul to'lab kelmoqdaman. Sizlar nima qildingiz? Hechnima.
So'ng Emir televizorda sur'atni qo'yadi.
Emir: - Vildan xonim. Aytingchi, ushbu sur'at aynan kimga berilgan?
Vildan: - Emir buni hozir birdan tushuntira olmayman.
Emir: - Iloji ham yo'q. Chunki bu hechkimga berilmagan. Janob Onder bunga nima deysiz?
Emir Onderni Kemal bilan gaplashib turgan videoni ko'rsatadi. Onder indamay g'alati bo'la boshlaydi.
Emir: - Hozir Kemal haqida bilganlaringni hammasini yozib berasizlar. Bo'lmasa videoni politsiyaga yuboraman. Ular qaytadan ishni ko'rib chiqishadi. Vaqt ketdi.
Onder va Vildan imkonsiz qolishadi.
5 yil avval...
Ozan qiz bilan xonaga kirib ketayotsa orqadan Emir gaplashgan qiz keladi. Qizning qornini ochib ko'radi. U yerda maxsus bir qurilma turadi.
- Hammasi tayyormi? Endi hammasi kech. Bu ish bitgach pulni olamiz va ketamiz. Bu shunchaki bir o'yin. Senga rost gapiryapman. Bu o'yin holos.
Qizning qo'liga to'pponcha tutqazadi va xonaga kirgazib yuboradi.
Qiz xonaga kirib kelganida Ozan uxlab qolay degandi.
Qiz to'pponchani oladi:
- Biroz o'yin o'ynaymiz.
Ozan: - O'zingni bos. Nima qilyapsan?
Qiz: - Bu haqiqiymas, shunchaki o'yinchoq.
Ozanga to'pponchani otadi. Ozan qiz bilan o'yin o'ynay boshlashadi.
Emir keladi va qizdan nima bo'lganini so'raydi. Qiz ularni ichkariga kirgizib yuborganini aytadi.
Qiz: - Pulni berasizmi?
Emir: - Avval ish bitsin.
Shu payt ichkaridan o'q ovozi eshitiladi.
Qiz: - Va ish bitdi.
Ozan xonadan chiqib keladi:
- Emir. Men o'ldirdim. O'ldirdim Emir. Men uni o'ldirdim. O'ldirdim... O'ldirdim... O'ldirdim Emir. O'ldirdim.. O'ldirdim. U aytgandi haqiqiymas deb. Emir...
Ozan tinimsiz baqirardi. Emir xonaga kiradi. Qizni bo'ynini ushlaydi va nima bo'lganini so'raydi. Emirning ortidan kirgan qiz baqirib yuboradi.

Ozan tinimsiz "o'ldirdim" deya baqirardi. Emir undan dorisini so'raydi va topib unga ichkazadi.
Qiz: - Unga nima qildingiz?
Emir: - U tinchlanadi.
Emir kimgadir qo'ng'iroq qiladi. So'ng:
- Bu ish bitmaguncha men tinchimayman. - deydi.

Onder va Vildan indamay o'tirishardi. Nihan ham uyga keldi. Uyida rasm chizishga tayyorlanadi.
Kemal esa TV ga efirga chiqishga tayyorlanadi. Nihanning telefoni jiringlaydi. Telefonini olsa dugonasi tezda televizorni yoqib unga qarashini aytadi. Televizorda Kemal intervyu berayotgan edi.

TVda u ishi, hayoti haqida va Emir haqida gapiradi. Uni oila a'zolari hamda do'stlari tomosha qilishadi.
Emir Vildan va Onder yozgan varaqlarni olib chiqadi va Tufanga beradi. Musat Kemalga TVdagi efiri bo'yicha savollar beradi. So'ng, Kemal uyga emas to'g'riga yurishini aytadi. Bu paytda Kemal ketayotgan mashina ortidan yana bir mashina uni kuzatayotgan edi.
Vildan va Onder Emir ularni boshqarayotganidan jaxli chiqishadi. So'ng, Vildan Galibga qo'ng'iroq qiladi va ertaga uchrashib olishlarini, o'g'li haqida gaplashishlarini aytadi.
Tufan Emirni darvoza yoniga chorlaydi va darvozani ochadi. U yerdan bir kishi kirib keladi va Emir bilan qo'l berishadi. Bu Tarik Soydere edi.

Ular birgalikda ichkariga kirib borishadi. Nihan esa kiyinib ko'chaga chiqishga tayyorlanayotgan edi. Emirning telefoniga xabar keladi. Emir xabarni ochadi va telefoniga g'azab bilan qaraydi.
Nihan ko'cha darvozasini ochadi va hayratga tushadi. Chunki uning ro'parasida Kemal turardi. Na sevinishni na nima qilishini bilmay turgan Nihan gap boshlaydi.
- Kemal.
Kemal: - Biz gaplashib olishimiz kerak.
Nihan uni ichkariga taklif qiladi. Yo'lning narigi chetida esa Emirning odamlari ularni kuzatib turardi.
Kemal xonaga kirgach nogahon yerdagi bo'yoqlarga urilib ketadi. Nihan kulib yuboradi. Chunki bu holat xotiralarni eslatib yuborgan edi.
Kemal: - Sen ketganingdan so'ng, men Emir bilan gaplashgandim. Shuning uchun keldim.
Nihan: - Kelmasdan qo'ng'iroq qilsangiz bo'lardi.
Kemal: - Buni imkoni yo'q deb o'yladim. Shuning uchun kelishga qaror qildim. Seni Emirdan ximoya qilish uchun. Men unga senga ish taklif qilishimni aytdim.
Nihan: - Meni himoya qilish uchun?
Kemal: - Men sen va kompaniya haqida bilib turishim kerak.
Nihan: - Qanaqa ish?
Kemal: - Kompaniyaning o'sishi
Nihan: - Mening o'ylashimcha yomon fikr. Men ularni cho'ktirib yuborishim mumkin. Men juda pishiqman. U ishondimi?
Kemal: - Bilmadim. Bu o'tgan besh yilga bog'liq.
Nihan: - Sen yana yangi qurolingni ishga solmoqchimisan?
Kemal: - Mening Emir bilan hamkorligimda sen keraksan. Vaqtinchalik. Har safar seni ko'rganimda senga bo'lgan g'azabim yanada oshadi. Mening xatoyim. Meni kechir. Men shunda sendan uzoq turaman. Men bundan kimdir azob chekishini xoxlamayman. Xayr!
Kemal endi ketmoqchi bo'lganida ko'cha darvozasini kimdir taqillatadi.

Nihan va Kemal darvozaga ikkilangancha qarab qolishadi...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

Manba: zamonaviy.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sevgi Iztirobi Turk Serial Voqealar Rivoji | Просмотров: 741 | Добавил: MASSARI | Теги: Sevgi Iztirobi, Voqealar rivoji | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]