Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Sevgi Iztirobi Turk seriali voqealar rivoji 51-qism (Ozan Zaynabni qo'lini so'radi)

Автор: MASSARIкатегория: Sevgi Iztirobi Voqealar Rivojiдата: 16.01.2021
Salom saytimiz foydalanuvchilari va serial muxlislari. Voqealar rivojini qo'ldan kelgancha yoritib, tarjima qilib boramiz. So'zlarda xatoliklar va anglashilmovchiliklar uchun oldindan uzr so'raymiz!

Nihon xonasida oyisini kirishini kutib turadi. Oyisi kelgach Nihon unga uyni sotmasligini, u Layloga tegishli ekanini aytadi. Vildan uy oilasidagi barchaga tegishli ekanini aytadi. Vildan va Nihon tortishib ketishadi va Vildan Nihonga tarsaki tushirib yuboradi. So'ng Nihondan uzr so'raydi. Nihon esa jaxl bilan chiqib ketadi. Ozan kelib oyisidan nima bo'lganini so'raydi. Vildan Nihonni urib yuborganini aytadi.
Laylo rasm chizib o'tirsa, uning yoniga G'olib keladi. G'olib Laylo bilan uy mavzusida gaplashgani kelgan bo'ladi. Laylo esa G'olibni yomonlab, uni ketishini uqturadi. G'olib ketayotib oynadan Layloga qaraydi.
Nihan esa jaxl qilgancha uydan chiqib ketadi. Vildan va Ozan uni to'xtatib qolishga urunishadi, lekin to'xtata olishmaydi. Shu payt Vildanga G'olib qo'ng'iroq qiladi va uyni sotib olishga yordam berishini aytadi.
Kamol ishxonasiga kirib ketayotsa, uni bir odam kutib turganini aytadi. Xonaga kirsa, Toriq qo'rqitib kaltaklagan kishi turgan bo'ladi. Kamol undan nega ishdan bo'shayotganini so'raganda, uning odamlari kelib uni kaltaklab ketganini aytib yuzini ko'rsatadi. Kamol esa biroz ikkilanib jaxli chiqadi.
Amir esa Toriqni qilgan ishi uchun maqtaydi. Toriq oilasi haqida Amir bilan biroz suxbatlashib turgach, xonaga To'fon kiradi:
- Amir Bey meni chaqirtirdingizmi?
Amir: - Janob Toriqni xonasi tayyormi?
To'fon: - Tayyor janob, tayyor!
Toriq: - Qanday? Mening xonam bo'ladimi Janob Amir Bey?
Amir To'fonga Toriqni xonasini ko'rsatib qo'yishini aytadi.

Nihon Layloning yoniga boradi. Laylo bilan yana uy mavzusida gaplashishadi. Nihon Laylodan nega oyisini himoya qilishini so'raydi. Laylo buni tushuntirmaslikka harakat qiladi. Bu shunchaki o'zaro jang ekanini aytib, Nihonni ko'nglini ko'taradi.
Ozan Zaynabga qo'ng'iroq qiladi. Ozan Zaynabni uchrashuvga taklif qiladi. So'ng, cho'ntagidan uzukni olib unga bir qarab qo'yadi.
Kamol Amirning ofisiga boradi:
- Amir Bey xonasidami?
Kotiba: - Xa. Lekin men unga sizni kelganingiz haqida xabar berishim kerak.
Kamol kotibaning gapiga qaramasdan to'g'ri Amirning xonasiga kirib boradi. Amir Kamolga yangilikni qabul qilgani haqida so'raydi. Kamol esa Amirning yengimaguncha uning o'rnini egallamaguncha kurashishini aytadi.

So'ng, Amirning xonasini tark etadi. Amir esa tezda Toriqqa qo'ng'iroq qiladi. Kamol mashinasiga yetib borgach, ortiga qarab akasini ko'rib qoladi:
- Toriq Soyder!
Toriq yonidagi ikki sherigini mashinaga o'tirishlarini ishora qiladi.
Kamol: - Bu nima qilganingiz a? Bu nima qilganingiz? Siz Amirning quroliga aylanibsiz.
Toriq: - Bu meni ishim. Sen aralashma. Sen ham o'z ishingni bajarayapsan. Men ham.
Kamol: - Aka sizga ortiqcha gapim qolmadi. Ha aytgancha, agar yana bir marta mening odamlarimga yaqinlashib zulm qilsangiz, buning uchun javob berasiz. Siz va u.
Toriq: - Bu endi mening ishim. Hech nimadan qo'rqmayman.
Toriq mashinaga o'tirib ketadi. Kamol ham mashinasiga o'tiradi va Asliga qo'ng'iroq qiladi.
Zaynab yo'lda ekanini telefonda Ozanga aytadi. Solih esa uni ortidan kuzatib boradi.
Amir va To'fon Kamolga rasmlar yuborishi haqida suxbatlashishadi. Xaqqi Bey Asu bilan gaplashib o'tirsa, Xaqqi Beyning mazasi qochadi. Xonadan chiqib ketadi. Shu payt telefon jiringlaydi. Asu telefonni olib gaplashishadi va Xaqqi Beyning jiyani ekanini aytadi. So'ng pochtasini aytgach, uning pochtasiga hujjatlar keladi. Asu pochtasiga kelgan hujjatlarni ko'rib hayron qoladi. Shu payt Xaqqi Bey kirib keladi.
Zaynab yo'lda ketib boradi. Solih esa uni ortidan kuzatib keladi. Zaynab uni sezib qoladi va yurishda tezlashadi. Zinadan chiqib borgach, tezda yo'lga chiqadi va Solih kelguncha mashinaga o'tirib ketadi. Solih Semaga qo'ng'iroq qiladi. Sema esa Zaynabga qo'ng'iroq qiladi, lekin Zaynab telefonini ko'tarmaydi.
Zaynab restoranga kirib kelgach, u yerda ajoyib bir musiqa yangraydi va musiqachilar uning yoniga yurib boradi. Ozan ham Zaynabni ko'radi va yoniga asta borib, tiz cho'kib, uzukni Zaynabga ko'rsatib, undan turmushga chiqishini so'raydi. Zaynab hayron bo'ladi va rozi ekanligini aytadi. Ozan uzukni Zaynabning qo'liga taqib qo'yadi.

Kamol ofisiga keladi. Asu ham Xaqqi Beyga Kamol yetib kelganini aytadi. Kamol xonasida bir hujjatni Asliga beradi va uni barcha Telekanal va Gazetalarga tarqatib yuborishini aytadi va kulib qo'yadi.
Zaynab Sema bilan gaplashadi. Sema Zaynabga Solih uni so'raganini aytadi va ehtiyot bo'lishini aytadi. Shu payt Zaynabga Amir qo'ng'iroq qiladi va to'g'risiga qarashini aytadi. Zaynab ro'parasiga qarasa, mashina chirog'i yonadi. Uning ichida esa Amir o'tirgan edi. Amir Zeynebni yoniga kelishini so'raydi. Zeyneb uning yoniga boradi. Amir mashinani oynasini ochadi va sovg'asi borligini aytib, Zaynabni mashinaga o'tirishini aytadi. Zaynab mashinaga o'tiradi va ular ketishadi. Yo'lning bir chetiga borishib to'xtashadi.

Zaynab Amirdan undan nima istashini so'raydi. Amir esa Zaynabga sovg'ani beradi. Zaynab sovg'ani ochib qarasa ichida Amir bilan tushgan behayo rasmlari turgan bo'ladi. Amir ushbu albomni Zaynabning akasiga yuborishini aytadi. Zaynab esa akasiga o'zi aytishini aytadi va bir ikki kun sabr qilishini aytadi. So'ng mashinadan tushib ketadi.
Kamol Zehirni yoniga boradi. Ular birgalashib mashinada choy ichishib biroz hazilomuz gaplashib turishadi. Kamol esa Zehir uchun yangi pasport va yangi ism tayyorlashini aytadi.
Amir uyga kelib, Vildan va Onderni ko'rib, qolganlar qayerda ekanligini so'raydi. Ozan ham keladi.
Zaynab juda ham tang axvolda. U xonasida siqilgancha o'tirardi. Shu payt Toriq kirib keladi. Ota-onasi Toriqni bag'riga bosishib uni yaxshi ko'rishini aytishadi.
Layloning eshigining qo'ng'irog'i jiringlaydi. Laylo eshikni ochsa, Ozan kelgan edi. U Nihon bilan gaplashib olishini aytadi. Nihon tashqariga chiqib ketadi.
Toriq Zaynabni yoniga kiradi. Nima uchun kechki ovqatga chiqmayotganini aytadi. Zaynab kayfiyati yo'qligini aytadi va akasiga unga ishonishini so'raydi. Toriq hayron bo'ladi. Zaynab akasini quchoqlab oladi.

Ozan: - Opa, ketdik uyga. Bu yerda nima qilasiz?
Nihon: - Men shu yerda qolaman dedimmi qolaman. Mayli ko'rishguncha.
Ozan: - Meni ishlarim bor. Tez orada bilib olasiz.

Nihon: - Yuzingga nima yopishib qoldi? Bu yuzingdagi narsalar Zeyneb tomon tortayapti.
Ozan: - Mayli men ketdim. Qarang ertaga uyga qaytasiza?
Nihon: - Ozan... Zaynab seni sevmaydi...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

Теги: Sevgi Iztirobi, Voqealar rivoji

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]