наверх
Главная » Новости » Sevgi Iztirobi Turk Serial Voqealar Rivoji
09:16
Sevgi Iztirobi Turk seriali voqealar rivoji 54-qism (Amir kimga sovg'a tayyorlamoqda)

Avvalgi 53-qismni o'qish »

Kamol va Nihon Ozan va Zaynab haqida gaplashishadi. Kamol Nihondan ularning to'ylari haqida bilishini so'raganda, Nihon buni bilmasligini lekin Ozanga Zaynab boshqasini sevishini aytganini tushuntiradi. Kamol hayron bo'ladi va buni qayerdan bilishini so'raydi. Nihon o'ylaydi. Amirning telefonini olganida Zaynab gapirganini eslaydi.
Kamol: - Kimni? Nihon gapir. Sen buni bilasanmi? Nihon sendan so'rayapman. Gapir. Sen mendan nimanidir yashirayapsan.
Nihon: - Yo'q.
Nihon va Kamol biroz baxslashib qolishadi. Kamol Ozanni ayblaydi. Nihon esa bunday emasligini aytib, so'ng ketadi. Kamol esa tushkun kayfiyatda qoladi.
Tun. Eshik taqilladi.
Zaynab: - Sen biror narsa buyurtma berganmiding?
Ozan: - Yo'q
Ozan shunday deya eshikni ochadi. Ularning yoniga Onder kelgan edi. Onderni ichkariga taklif qiladi. Onder ular bilan gaplashib olgani kelganini aytadi. Zaynab xonaga kirib ketadi va eshik ortidan gap poylashga tushadi. Onder o'g'lidan nega bunday qilgani haqida so'raydi. Onder Ozan bilan gaplashib oladi va ularga yordam berishini va uyga olib ketishini aytadi.
Leyla va Nihon gaplashib o'tirishadi. Kamol esa Solih bilan gaplashadi va Zumbuldakka ketishi kerakligini, shu narsalar ro'y bermasligini aytadi. Solih esa alam bilan yig'laydi. Kamol esa uni qo'llab-quvvatlaydi. Doimo yordam berishini aytadi.
Vildan va Amir gaplashib turishganda Onder Ozan va Zaynabni olib keladi. Vildan Ozan bilan gaplashmoqchi bo'lganida Onder ertalab gaplashishlarini aytadi. Lekin Vildan xozirning o'zida xal qilishini aytib, Ozanni yana tergay boshlaydi. So'ng Ozanni ortidan yurishini talab qilib ketadi. Ozan Zaynabga xonasini ko'rsatayotganda Amir uning yoniga keladi va Zaynabni o'zi kuzatib qo'yishini, o'zi esa oyisining yoniga borishi kerakligini aytadi. Ozan ketadi.
Amir: - Ofarin. Sen Oskar mukofotiga loyiqsan. Bu yoqqa.

Amir Zaynabni ichkariga boshlaydi. So'ng xonaga Zaynabni bir suradi va eshikni yopib, birga tushgan rasmlarini Zaynabning akasiga yuborishini aytib dag'dag'a qiladi. Zaynab Ozan Sezinning xotini ekanini pesh qiladi. Amir yana rasmni yuborishini aytganida Zaynab unga bemalol yuboraverishini aytadi.
Amir esa Ozan buni bilsa uni haydab solishini aytadi. Zaynab esa Ozan uni sevishini va xar qanday vaziyatda ham uni tashlab ketmaslikka vada berganini aytadi.
Amir: - Sen shu kichik ishing bilan o'zingcha mendan qasos oldingmi? Xonaga qara. Bu Ozanning xonasi. Sen uchun esa qamoqxona. Vildan seni ne ko'yga solishini ko'ramiz. Bu yer sen uchun qamoqxona, qamoqxona.
Zaynab: - Kim kimni qamoqxonada saqlaydi bu noma'lum.
Amir: - Sen bu uyni bilmas ekansan. Bir eshik ochilsa boshqasi yopiladi. Sen ochiladigan eshikni qidirishing kerak Zaynab Sezin.
Amir shunday degancha xonadan chiqib ketadi. Zaynab esa oyna yoniga boradi. Taqinchoqni olib bo'yniga moslab, bu uyda bir eshik yopilsa, boshqasini albatta topishini gapiradi.
Amir xonasiga kiradi va To'fonga qo'ng'iroq qilib, rasmlarni tezda yuborishi kerakligini aytadi. Shu payt telefoniga Bonudan sms keladi. Amir Bonuga qo'ng'iroq qiladi va qanday qilib bo'lsa ham Toriqdan kerakli narsalarni bilib olishini tayinlaydi.
Bonu xonasidan chiqadi. Yuzlari ko'kargan xolatda Toriq o'tirardi. Bonu uning jaroxatlarini artib qo'yadi. Toriq esa Bonuga ichidagi xasratlarini to'kib sochadi. Bonu esa uning ko'nglini olishga harakat qiladi.
Kamol yo'lda ketayotsa Zehir unga qo'ng'iroq qiladi. Kamol u bilan gaplashayotib behosdan yo'l chetida mushuk bilan o'ynashib turgan Nihonga ko'zi tushadi va uning yoniga boradi.
Kamol: - Nihon.
Nihon: - Bizning ko'z yoshlarimiz devoriga xush kelibsiz!

Kamol ham Nihonning yoniga o'tiradi. So'ng, yana Nihonga o'tmishdagi xotiralarni gapiradi. Nihon esa o'tmishini biroz eslab, yig'lab yuboradi va Kamolning qo'llaridan ushlaydi. Kamoldan qo'llarini qo'yib yubormasligini yolvorib so'raydi. Kamol esa Nihon ketishini so'raydi. Lekin Nihon Kamolni yuzidan silab uni tinchlantiradi.

Endi bir biriga yaqinlashayotganda Nihon o'zini tortadi. Kamol esa ikkalasi quvonchi uchun kurashishini aytadi.
Xusayn va Fahima uyida ikkalasi yolg'iz qolganini va birorta farzandi ham yonida emasligidan nolib uxlashga kirib ketishayotganda eshik taqillaydi. Eshikni ochishsa Kamol kelgan edi. Ular bir xursand bo'ladi. Fahima Kamolni bag'riga bosadi. Tun hamma har tarafda o'z tashvishi bilan qayg'uda. Kamol uxlab yotgan dadasi va oyisiga bir razm soldi va qaytib chiqib, qo'lidagi tatuirovkaga qaradi.
Ertasi kuni Kamol sohil bo'yida it bilan tursa, Leyla keladi. Ular yana Zaynab masalasi bo'yicha tortishib qolishadi.
Ozan uyg'onib yonida yotgan Zaynabni ko'rib xursand bo'ladi. Zaynab uyg'onadi. Ozan ertalabki nonushta tayyorlashini aytib xonadan yugurib chiqib ketadi. Vildan nonushtani kayfiyati yo'q holatda yeydi. Amir ham nonushtaga chiqadi. Shu payt hayrli tong tilab, Ozan va Zaynab ham nonushtaga chiqib kelishadi. Vildan, Amir va Onder Zaynabga bir nazar solishadi. Uning oyoq kiyimlari yo'q edi. Zaynab kiyimlari yo'qligi sabab Ozanni kiyimlarini kiyib olganini aytadi va xizmatkordan oyoq kiyim so'raydi. Ozan esa Zaynabni nonushtaga yetalaydi.
Zaynab: - Yoqimli ishtaxa.
Vildan: - Bu joy Nihanniki.
Zaynab: - Kechirasizlar. Nihon opam kecha ham kelmadilar. Shunga men...
Amir: - Bu yerda har bir odamning o'z o'rni bor. Vildan xonim aytganidek o'zingizni joyingizni toping.
Ozan: - Unda Zaynab meni yonimda o'tiradi.
Zaynab o'tirgach, o'zini xonimlardek tutadi va xizmatkorga:
- Tapochkani xonamga qo'yib qo'ying - deydi.
Bundan hamma hayron bo'ladi. Zaynab hechnima bo'lmaganday dasturxondagi yeguliklarni paqqos tushira boshlaydi. Amir va Onderning kulgusi kelib ketadi. Vildanning gaplariga Zaynab birin-ketin javob berib nonushta qilayotgan vaqti Nihon kelib qoladi. Zaynab o'rnidan turadi va Nihondan uzr so'rab, uning o'rniga o'tirib olganini aytadi. Amir esa Nihonga o'z o'rnini bo'shatib, u o'z xonasida nonushta qilishini aytadi. Nihon kelayotgan vaqti Amir atayin Zaynabni jaxliga tegish uchun Nihonni quchib peshonasidan o'pib qo'yadi.

Uxlab yotgan Bonu telefoni ovozidan uyg'onib ketadi. Qarasa Amir qo'ng'iroq qilayotgan edi. Bonu ortiga o'giriladi va shirin uyquda yotgan Toriqqa qaraydi va telefonga javob bermay, Toriqning bag'riga kirib yana uxlaydi.
Zaynab dugonasi Sema kelishini aytganida, Vildan kimdan ruhsat so'raganini so'raydi. Zaynab esa shunchaki uni qaxvaga taklif qilganini aytadi. Onder esa katta oilaning o'ziga yarasha qonun-qoidalari borligini Zaynabga tushuntiradi. Vildan qanchalik Zaynabga qarshi chiqsa, Ozan Zaynabni shunchalik ximoya qilishga o'tadi.
Zaynab sharbatni ichib tugatib yana olib kelishi uchun xizmatkorni erkalab "azizam" deya chaqiradi.
Nihon: - Afsona. Uning ismi Afsona.
Zaynab: - Uzr. Men bilmagandim.
Zaynab o'zini tutib turolmay kulib yuboradi.
To'fon xonasida turganida telefoni jiringlaydi.
To'fon: - Hayrli tong xo'ajayin.
Amir: - Rasmlar yuborildimi?
To'fon: - Siz aytgan zahoti rasmlar yuborilgan. Ular hozir yo'lda.
Amir: - Juda ham katta to'yona sovg'a. Sirligicha qolaversin. Men janjalni yoqtirmayman...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

Manba: zamonaviy.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sevgi Iztirobi Turk Serial Voqealar Rivoji | Просмотров: 1819 | Добавил: MASSARI | Теги: Sevgi Iztirobi, Voqealar rivoji | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]