Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Sevgi Iztirobi Turk seriali voqealar rivoji 62-qism

Автор: MASSARIкатегория: Sevgi Iztirobi Voqealar Rivojiдата: 25.01.2021
Serial muxlislari! Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr so'raymiz

Zaynab yig'lagancha ko'cha tomon chiqadi. Ozan darxol mashinadan tushadi va unga tasalli berib, mashina tomon yetalaydi. Nihon yana sohil yonida kichkina dugonasi qizaloq bilan gaplashadi.
Laylo eshikni ochsa pochtachi kelib unga xat beradi. Laylo xatni o'qiydi va darxol Ziyo Beyga qo'ng'iroq qiladi. Kotiba qiz ham Kamol bilan gaplashib olishi kerakligini aytadi. So'ng, xonaga kirishadi va ortidan Amir ham kirib keladi. Ish haqida Amir va Kamol gaplashib turganida Kamol To'fonga ishora qilganday bo'ladi. To'fon esa ketadi. Kamolga Nihon qo'ng'iroq qiladi, lekin Kamol telefonni olmaydi.
So'ng Kamol tashqariga chiqadi va Nihonning qo'ng'irog'iga javob beradi.
Kamol: - Nihon, nima gap?
Nihon: - Kamol men seni juda ham ko'rgim kelyapti.
Kamol: - Buning hozir iloji yo'q. Bu haqida kelishib olgandikku.
Nihon: - Shunchaki juda ham zerikdim.
Kamol gaplashib bo'lgach mashinasiga o'tiradi va ofisdan ketadi. Nihonning telefoni jiringlaydi. Unga Kamol qo'ng'iroq qilgandi. U bir joydagi do'konga kirishini va o'sha joyda ko'rishishlari kerakligini aytadi.
Nihon do'kon tomon yo'l oladi. Kamol ham ortidan yetib keladi. Ular do'kondagi pastki qismdagi hilvat xonaga kirishadi va ikki tomondan kelib uchrashishadi. Kamol Nihonga uzukni ko'rsatadi va ichki kechinmalari va dardlarini aytadi. Nihon chidolmay Kamoldan bas qilishini so'raydi va Kamolning qo'lidan ushlab ko'ksiga qo'yadi:
- Sen mening mana bu yerimdasan. Menga ishon. Sen bu yerdan hech qachon ketmaysan va doimo men bilansan. Boshqa gapirma iltimos! Bu sevgi taqiqlangan bo'lsa ham meni havotirga solmaydi. Faqat meni sev. Menga shu yetadi.
Kamol: - Bas qil.
Nihon: - Bas qilmayman.
Kamol: - Bas qilmaysan?
Nihon: - Amir mening qonimni ichyapti. Men sening himoyangga muhtojman.
Nihon shunday degancha u yerni tark etadi. Kamol esa uzukka termulgancha qoladi. So'ng mashinasida sohil bo'yida o'ylanib tursa, Zehir keladi.
Zehir: - Salom, boshliq. Xo'sh, yangilik bormi?
Kamol: - Yangilik bo'ladi. Menga bir ayg'oqchi kerak. O'z ishining ustasi.
Zehir: - Sabab?
Kamol bir uyni poylashini (yoki ichiga kirishini) aytadi. Zehir unday odami yo'qligini aytadi so'ng buni bajarishini aytgach, kimning uyiga ekanligini so'raydi. Kamol bu To'fonning uyi ekanligini aytadi.
Toriq Amir bilan gaplashadi. Bu tarafda esa Kamol Zehirga pul berib, ishni bajarishini so'raydi.
Tun. Nihon yotog'ida yig'lab yotardi. Shu payt Amir kirib keladi. Nihon darxol ko'z yoshlarini aytadi.
Amir: - Salom azizam. Biror joying og'riyaptimi? Issig'ing yo'q.
Nihon: - Men yolg'iz qolishni xoxlayman.
Amir sababini so'raydi. Nihon unga yonida bo'lishini xoxlamayotganini aytadi. Amir esa uy unikiligi, yotoq ham unikiligi va Nihon qonuniy xotini ekanligini uqtiradi. So'ng Amir o'rnidan turib ortga o'giriladi va alam bilan ko'ziga yosh qalqiydi.
Amir: - Mening Zolushkam!
Nihon: - Yana nima?
Amir: - Bu menga qiziq.
Amir yana Nihonga savol beradi. Nihon javob bermoqchi bo'lganda to'xtashini aytib, bu savolini javobini o'zi bilishini aytib, xonadan chiqib ketadi.
Zehir yollagan odam To'fonning uyiga kiradi va u yerda tintuv qiladi. Shu payt To'fon kirib keladi va ichkarida kimdir borligiga shubxalanadi va o'ylaydi:
- Janob Kamol bu yerda mototsiklning kaliti yo'q ekan. To'fon yugurib chiqadi va mototsiklni haydab qochib ketadi. Ortidan quvib chiqqan Kamol uni ushlay olmaydi.
To'fonning kelganini sezgan Zehirning odami biroz o'ylanadi. To'fon esa kiyimini yerga ohista qo'yadi va ichkariga sekin kiradi. Xonani eshigini ochib qarasa deraza ochiq. Xona esa bir axvolda. To'fon darxol derazadan qaraydi. Qarasa Zehirning odami yugurib ketayotganini ko'radi. To'fon bir chetdan uni kuzatadi va ortidan mashinada bildirmay quvib boradi. Kamol Zehirning odamiga pulni beradi. To'fon esa ularni kuzatib turadi. Kamol telefonda Zehirga To'fon bilan kichkina o'yin o'ynashini aytib, To'fon turgan tomon qaraydi, so'ng u ham ketadi.
(Kulguli holat) Zaynab Vildan olib kelgan murabbiy bilan chiroyli gapirishni o'rganadi. Zaynab esa bundan zerikib ketadi. Murabbiy esa unga yana so'zlar o'rgatishda davom etadi. Ozan ikkalasiga raqsdan ham dars beradi.
Kamol va Amir hamkorlikdagi doimiy ishida. Zaynabga esa murabbiyi ovqatlanish odatlarini o'rgatmoqda.
Kamol uyga keladi va mashinasini qulflash vaqti nariroqda uni kuzatib turgan To'fonga qaraydi va yana indamay uyiga yo'l oladi. To'fon esa uni kuzatadi va mashinasida ketadi. Kamol uyga kirib ketadi.
Zaynab va Ozan asta raqsni o'zlashtira boshlashadi. Zaynab Vildanga bir qarab qo'yadi. Vildan esa ensasi qotib u yerdan ketadi.
Nihon Kamolga qo'ng'iroq qiladi. Xusayn ishxonasida o'ylanib o'tirsa, Ozan uning yoniga keladi.
Ozan: - Hayrli kun!
Xusayn: - Hayrli kun! Xush kelibsiz!
Xusayn ortiga qarashi bilan Ozanni ko'radi.
Ozan: - Salom, Janob!
Xusayn: - Senga bu yerda nima bor?
Ozan: - Men siz bilan gaplashib olish uchun keldim.
Xusayn: - Sen bilan gaplashadigan hechqanaqa gapim yo'q. Bu yerdan ket.
Ozan: - Kechirasiz, iltimos meni eshiting. Biz Zaynab ikkalamiz ko'p xatolar qildik. Lekin biz bir-birimizni sevamiz. Xech qanday yomon ish bo'lgani yo'q. Yaqinda bizning to'yimiz. Zaynab to'yda sizlarni ham bo'lishlaringni xoxlaydi. Agar borsalaring bizni xursand qilardinglar. Men unga va'da berganman.
Xusayn: - Gaping tugadimi?
Ozan: - Biz xato qildik. Bizning kechiring.
Xusayn kelgan mijozni kutib oladi. Ozan indamay ketadi.
Eshik taqillaydi. Sochlarini turmak qildirayotgan Zaynab unga kirishini aytadi. Eshikni ochib, Amir kirib keladi va uning uchun sovg'asi borligini aytadi. Tashqarida Nihon keladi va Amirni so'raydi. Amirni Zaynabni xonasidaligini aytgach, Nihon Zaynabning xonasiga kirib ketadi. Amirdan Zaynabning xonasida nima qilayotganini so'raydi. Amir Zaynab uchun sovg'a olganini va topshirib endi chiqib ketayotganini aytadi. Nihon Zaynabdan Ozanni sevishi haqida so'raydi. Zaynab esa uni qattiq sevishini aytadi.
Vildanga xizmatkor bir xatni beradi. Vildan xatni o'qib xafsalasi pir bo'ladi.
Telefon jiringlaydi. Fehima telefonni olmoqchi bo'lganida Xusayn olmasligini aytadi. Fehima asta yig'lashga tushadi. Xusayn esa unga yig'lamasligini aytadi.
Telefoniga javob bermagach, Zaynab siqiladi. Sema esa ota-onasi balkim yo'lda kelayotgandir deya, Zaynabni ovutadi. Ozan kirib keladi.
Ozan: - Hayotim tayyormisan?
Zaynab: - Men uyimizga qo'ng'iroq qilgandim, lekin ular javob berishmayapti.
Sema: - Men tashqariga qarab kelaman.
Ozan: - Demak, ish bermabdida.
Zaynab: - Nima ish bermaydi.
Ozan: - Men ular bilan gaplashgani borgandim. Dadang bilan gaplashganimda u kechaga kelishini aytgandi.
Zaynab: - Rostdanmi? Sen juda ham yaxshisan.
Ozan: - Sen tayyormisan?
Zaynab: - Ha lekin ularni kelishini biroz kutaylik. Yo'lda bo'lishsa yetib kelib qolishadi.
Ozan: - To'g'ri. Mayli ozgina kutamiz.
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

Теги: Voqealar rivoji, sevgi iztiroibi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]