Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Sevgi Iztirobi Turk seriali voqealar rivoji 87-qism (Nihon va Kamol qochib ketishdi)

Автор: MASSARIкатегория: Sevgi Iztirobi Voqealar Rivojiдата: 16.01.2021
Kamol Nihonni vertolyotda olib ketadi. Nihan esa Kamolga Ozanni ham ko'rgisi kelayotganini aytadi. Kamol esa uyga borgach ularni chaqirishlarini aytadi.
Amir Nihonni izlay boshlaydi va g'azab bilan odamlariga uni qayerdan bo'lmasin topishni buyuradi. Zehir esa Zaynab va Ozanni mashinasida olib ketadi. Ozan mashinada hammasi yaxshi bo'lishini aytib, Zaynabning tizzasiga boshini qo'yib oladi.
Zaynab esa hayolga cho'madi:
Ozan bilan uydan chiqib ketishadi va Ozanni birga ketishini iltimos qiladi. Tug'ulajak bolasini otasi yonida bo'lishini xoxlashini aytadi. Shu payt Vildan chiqadi va uzoq qolib ketmasliklarini aytadi.
Zaynab Nihon va Ozan yo'q bo'lsa Amirning axvoli ne bo'lishini gapiradi.
Amir esa Nihonga qo'ng'iroq qiladi. Telefon o'chik. Amir oynadan qaraydi va vertolyotni ko'radi. Vertolyot shifoxona atrofida nega yurganiga shubxalanadi. So'ng Layloga qo'ng'iroq qiladi. Laylo telefonini olmaydi va Kamolga qo'ng'iroq qiladi. Kamol Nihonni olib ketayotganini va yangi nomer olganini aytadi. Mashina esa Zehirning odamiga tegishli ekanini aytadi. Nihon ham Laylo bilan gaplashadi.
Amir esa kuzatuv kameralarini tekshirtiradi. Videoyozuvda Nihonning qanday chiqib ketgani haqida yozuv yo'q edi. Amir jaxl bilan Vildanga qo'ng'iroq qiladi va Nihon yo'qligini aytadi. Onder esa Avval Ozanga so'ng Zaynabga qo'ng'iroq qiladi. Ikkala telefon ham o'chik edi. Ular xavotirga tusha boshlashadi.
Amir g'azabini jilovlay olmaydi va odamlariga Kamolni qayerdan bo'lsa ham topishlarini aytadi. Bu orada Kamol Solih bilan gaplashib oladi.
Nihon: - Kamol, Amir meni izlashni boshlagan.
Kamol: - Xavotirlanma. U bizni izlab topguncha, biz chegara ortida bo'lamiz. Unda boshqa muammolar ham bor, ularni xal qilishi kerak.
Amir odamlari bilan Nihonni qidira boshlaydi:
- Xolajon qayerdasiz? Xolajon?
Amirga ofisdan qo'ng'iroq qilishadi va ishxonaga kelishini aytishadi. Amir esa buni atayin Kamol qilganini bilib jaxl bilan ketadi.
Nihon xursand bo'lganicha Kamolga gapirib ketadi. Kamol esa hammasini boshidan boshlashlarini aytadi.
Nihon mashinaning tepa qismini ochadi va u yerga chiqib olib baland ovoz bilan "Judayam yaxshiman" deb hayqiradi. Kamol esa Nihondan yanada balandroq aytishini so'raydi. Ular juda baxtli edi.
Amir hamon g'azabda edi. U qanday qilib bo'lmasin Nihon va Kamolni topishini aytib mashinasida ketadi.
Vildanga Ozandan xat keladi. Vildan xatni o'qiydi va Amirga qo'ng'iroq qilishini aytadi. Onder esa biroz kutishlarini Vildanga tushuntiradi.
Amir ofisga kelishi bilan uni bir nechta jurnalistlar hamda kompaniya prezidenti kutib oladi.
Kamol va Nihon bir joyga yetib kelishadi. Kamol shu yerda biroz muddat yashab turishlarini aytadi. Nihon Kamoldan nima sababligini so'raganda, Amir barcha chegaralarga ularni izlash haqida xabar berib yuborgani uchun bir muddat shu joyda turishlarini aytadi. Nihon va Kamol juda ham baxtli edi. Ular uyga kelishadi. Uyning ichi juda ham romantik edi. Nihon uyni ko'rib xursand bo'lib ketadi.
Amir kompaniya prezidenti bilan gaplashib turganda xona eshigini G'olib ochadi. Amir otasi bilan gaplashib olishi kerakligi va tez qaytishini aytib chiqib ketadi. U dadasiga Nihon ketganini aytadi. G'olib Kamolni har qadamini poylayotganini aytadi. Amir esa ularni qidirishini va Kamolni o'ldirishini aytib g'azab bilan ofisdan chiqib ketadi.
Onder Vildanni tinchlantirish uchun dori beradi va unga biroz mizg'ib olishini aytadi. So'ng, o'zi tashqariga chiqadi va Layloga qo'ng'iroq qiladi va unga minnatdorchilik bildiradi.
Amir xonasida o'tirsa Toriq kirib keladi va nima bo'lganini so'raydi.
Amir: - Sen ularni bilasanmi?
Toriq Kamol ular bilan vidolashgan voqeani eslaydi.
Toriq: - Yo'q. Men ularni bilmayman, lekin eshitdim. Ularni qayerdan bilishim mumkin. O'zingiz bilasiz. Men Kamol bilan uchrashmay qo'yganimga ancha bo'ldi.
Toriqdan Kamol haqida yana so'ray boshlaydi. Toriq esa Kamolni anchadan beri eslamayotganini, hammaning esidan chiqib ketganini aytadi.
Asu Xaqqi Bey yoniga kiradi va To'fon haqida so'raydi. Xaqqi Bey esa Kamoldan qolgan xatni Asuga beradi va o'qishga tayyor bo'lishini aytadi.
Nihon Ozan bilan rosa gaplashgisi kelayotganini aytadi. Kamol esa Nihonga sovg'asi borligini aytib, videoqo'ng'iroq orqali Zehirga chiqadi.
Kamol: - Telefonni Ozanga berginda. Bu ikki opa-ukani bir gaplashtirib qo'yaylik.
Zehir: - Xozir.
Kamol Nihonga telefonni beradi va Ozan bilan gaplashib olishlarini aytib o'zi ichkariga kirib ketadi. Nihon Ozanni ko'rgach sog'inganidan yig'lab yuboradi va u bilan gaplashadi.
Asu esa xatni o'qib ko'ziga yosh keladi. So'ng Xaqqi Beyga baqira ketadi. Uning gaplariga ishonib hamma narsadan, Kamoldan quruq qolganini aytib chiqib ketadi.
Amir ofisda tursa Laylo ishga keladi. Amir undan Nihonni so'raydi. U bilmasligini aytadi. Amir yana takror so'raydi. Laylo esa uni mazax qilib javob bera boshlaydi. So'ng ketayotsa, Amir uni majburlab xonaga olib kiradi. So'ng qo'lidagi sumkasini tortib olib, ichidagi narsalarni stol ustiga to'kadi va telefonni olib, uni titkilay boshlaydi. Laylo telefonini qaytarib berishini so'raydi. Amir esa SMS ni ochib u nimaligini so'raydi. SMS Nihon va Kamol kemada ketishlari haqida yozilgan edi. Laylo telefonini olib chiqib ketadi. Amir darxol To'fonga qo'ng'iroq qiladi va kema agentligidan chiptalar haqida malumot olib kelishini buyuradi. Asu sohil bo'yiga keladi va To'fonga qo'ng'iroq qiladi. Amirga hechnima aytmasligini aytadi. To'fon esa chiptalar haqida malumtotni olib ketadi.
Laylo Fehima va Xuseynning yoniga boradi. Xuseyn va Fehima Kamoldan ranjigan edi. Laylo ularga Kamol ularni tashlab ketmaganini vaqti kelsa qaytib kelishini tushuntiradi. So'ng, ularga Nihon Amirga majburan turmushga chiqqanini bu oddiy bir qog'ozdagi nikoh holosligini, aslida esa ular o'rtasida hech qanday er-xotinlik rishtalari yo'qligini aytadi. Nihon doimo Kamolni sevganini aytadi.
Kamol uxlab yotgandi. Nihon dorisini ichib olib, u yoq bu yoqqa alanglaydi. So'ng Kamolni uyg'otmoqchi bo'ladi. Kamol esa o'zini uxlaganga solib oladi. Nihonning biroz jaxli chiqadi va Kamolni uyg'otish uchun shishani yerga tashlaydi, so'ng televizorni yowib ovozini baland qiladi. Keyin telefondan musiqa qo'yadi. So'ngra eshikni taqillatib, undan keyin plisosda uyni tozalaydi. Kamol esa buni ko'zining qirida kuzatib, Nihon qarasa o'zini uxlaganga solib olaveradi. Nihonning battar jaxli chiqadi va tashqariga chiqib ketadi. Kamol o'rnidan turadi. Nihon pastdagi narvonga qaraydi va miyig'ida kuladi. Kamol esa nonushta tayyorlashni boshlayotganda, tashqarida taqillagan ovoz eshitiladi.
Kamol: - Nihon!... Nihon...
Jimlik. Kamol tashqariga chiqib qarasa narvon yerda yiqilib yotgan bo'ladi. So'ng tomga qarasa Nihon u yerda unga qarab kulib o'tirgan bo'ladi. Nihon esa televizor ko'rgisi kelganini lekin televizor ko'rsatmaganini va u antennani sozlagani chiqqanini aytadi. Kamol esa tomda antenna yo'qligini ko'rsatadi. Kamol velosipedni ko'rib qoladi va Nihonni yetalab chiqib ketadi.
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

Теги: Sevgi Iztirobi, Voqealar rivoji

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]