Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Sevgi Iztirobi Turk seriali voqealar rivoji 89-qism (Kamol qurol nishonida)

Автор: MASSARIкатегория: Sevgi Iztirobi Voqealar Rivojiдата: 25.01.2021
Kamol va Nihon hazilomuz tortishib o'tirishadi. Amir esa manzilga yetib keladi. U o'z odamlari bilan Kamol va Nihon yashayotgan dacha tomon kelardi. Bu paytda esa Kamol va Nihon orzularga berilib o'tirishardi.
Amir odamlarini har tomondan borishini buyuradi. Nihon va Kamol bir-birlarini erkalagancha turishardi. Shu payt eshik taqillaydi. Kamol va Nihon jim qolgancha eshik tomon qaraydi.
Nihon: - Bu Amir?
Kamol: - Ha yo'q, yana qanaqa Amir.
Amir yana eshikni taqillatadi. Kamol Amir tomon bormoqchi bo'lganida Nihon uni to'xtatishga urunadi. Kamol esa Amirni bu yerga kela olmasligini aytib, eshik tomon boradi. Nihon esa tushkun holatga tushadi. Kamol asta deraza yoniga boradi. Amir esa odamlariga eshikni buzishni buyuradi. Kamol deraza pardasini ochishiga Amirning odami eshikni buzadi va ular ichkariga kirishadi. Kamol esa buyurtma bergan narsasini qabul qiladi. Amir esa xonaga kirib ularni yo'qligini ko'rgach g'azabga to'ladi.
Aslida To'fon Amirni boshqa dachaga yetaklab kelgan edi. Amir To'fonni tergay ketadi. Ichkaridan Amirning bir odami kompyuter ustida xat qoldirganini ko'rsatadi. Amir kompyuter yoniga yaqinlashadi.
Kamol: - Senga aytdimku Nihon. Bu Amirmas deb. Qara!
Nihon - Juda ham qo'rqdim.
U yugurib Kamolni quchoqlab oladi.
Kamol: - Qo'rqma azizam. Qara sen yoqtirgan sevimli shirinlik buyurtma qilgandim.
Nihon: - Qutulmaymiz... Qutulmaymiz. Men qo'rqayapman. Bularni oxiri yo'q. U bizni qidiryapti.
Amir: - Chiqinglar. Sen ham chiq To'fon!
To'fon tashqariga chiqib eshikni yopadi. Amir kompyuterni yoqadi. Unda Kamol video yozib qoldirgan edi. Amir videoni ko'rib alamdan g'azabga to'ladi.
Nihon ularni Amir baribir topib olishini aytadi. Kamol esa topolmasligini, ular uzoqlarga ketishini aytadi.
Zehir Zaynabga ovqat yeb olishini aytadi. Zaynab dimiqib ketganini aytib toza havo aylangani tashqariga chiqib ketadi. Zaynab ilojsiz qolganini aytib Amirga qo'ng'iroq qiladi va homilador ekanligini aytadi. Amir esa Nihon qayerdaligini so'raydi. Zaynab esa buni aytmaydi.
Kamol issiq choy tayyorlab keladi.
Nihon: - Kamol bizning taqdirimiz Amirning qo'lida.
Kamol: - Yo'q Nihon. Bizning taqdirimiz o'z qo'limizda. Mana qochdik. Biz birgamiz. Birga choy ichyapmiz.
Kamol Nihonni tinchlantiradi.
Onder: - Mayli men dam olaman.
Vildan: - Qayerga ketayapsiz?
Onder: - Bu nima deganing?
Vildan: - Shu yerda birga yotmaysizmi? Bitta yotoqda?
Onder: - Vildan, men hech qayerga ketmayman. Lekin bundan ortig'ini umid qilma. Mayli men dam olgani ketdim.
Zaynab xonaga kirsa Ozan yotoqni to'g'rilab turgan edi. Shu payt Zaynabni qorni og'riy boshlaydi. Ozan tez unga yordam berishga kirishadi. Zaynab esa o'z uylariga qaytishsa yaxshi bo'lishini aytadi. Ozan esa Amirga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ladi. Bu orada Zaynab Amirga "Ozan tayyor. Tez orada qo'ng'iroq qiladi" degan SMS yuboradi.
Amir SMS ni o'qigach, Ozan qo'ng'iroq qiladi.
Zaynab xonadan asta chiqadi va Zehirni telefonidan nomerni yozib sms qilib Amirga yuboradi. Amir To'fonga qo'ng'iroq qiladi va odamlarni yig'ishini yangi manzilga borishga tayyorgarlik ko'rishlarini aytadi.
Kamol va Nihon birga uyquga ketishadi. Amir esa yo'lga chiqadi.
Tong otdi. Kamol uyg'onadi. Nihon shirin uyquda edi. Kamol uni ohista uyg'otadi. So'ng narsa sotib olgani do'konga borib kelishini aytadi.
Amirning odamlari Kemalni kuzatishga tushadi. Kamol do'kondan narsa harid qilib chiqadi va gul sotuvchi xola yoniga borib gul sotib oladi. Bu paytda esa snayperdan Kamolni nishonga olib turishardi.
Amirning odamlari videoqo'ng'iroq orqali aloqaga chiqadi va Kamolni nishonda turganini ko'rsatishadi.
Eshik taqillaydi. Nihon uyg'onadi va eshik yoniga borib "Kamol" deb hursand bo'lgancha eshikni ochadi. Ne ko'z bilan ko'rsinki qarshisida Amir turardi...
Amir: - Nima bo'ldi azizam. Sen eringni kutmaganmiding?
Nihon: - Amir?
Amir: - Ha, Amir, sening ering Amir. Meni sevgi koshonangga taklif etmaysanmi?
Nihon: - Keting bu yerdan Amir.
Nihon Amirdan ularni qanday topganlarini so'raydi. Amir esa izlab topganini aytadi. Nihon qochib ketmoqchi bo'ladi. Amir uni tutib qoladi.
Kamol Zehir bilan telefonda gaplashadi. Amirning odamlari esa hamon Kamolni nishonga olib, uni otishga tayyor turishardi.
Amir esa Nihonga bir qator Kamolning yaqinlarini rasmini ko'rsatadi va ularga tarif berib o'tadi. Nihon Amir bilan bo'lsa ularga hechnima qilmasligini aytadi.
Amir Ozan uyga qaytmoqchi ekanligini Nihonga aytadi. Nihon ishonmasligini aytadi. Amir esa o'zi gaplashib ko'rishi uchun telefonni Nihonga beradi. Nihon Ozanga qo'ng'iroq qiladi va uyga qaytmoqchiligi rostligi haqida so'raydi. Ozan qaytmoqchiligini va boshqa chorasi qolmaganini, bolasi uchun qaytishi kerakligini aytadi.
Kamol gullarni hidlab uyga qaytardi. Amir esa uni videoda Nihonga ko'rsatardi. Amir videoni qurolga burishini so'raydi. Videoda qurol Kamolga qarab turganinini ko'rgan Nihon Amirga yalinishga o'tadi:
- Iltimos bunday qilmang. Unga tegmang, iltimos qilaman, iltimos...
Amir: - Tinchlan, men buyruq bermagunimcha, ular hechnima qilmaydi. Sen uyga qaytsang, buyruq bo'lmaydi.
Nihon ikkilangancha turadi va qaytmasligini aytadi. Amir esa Kamolni o'ldirishini aytadi. Nihon hozircha qayta olmasligini, Kamolga hechnima qilmasligini aytadi. Amir Nihonni bir qarorga kelishini aytadi...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

Теги: Sevgi Iztirobi, Voqealar rivoji

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]