наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
13:51
Shahzoda Garri va Megan Markl to‘y sovg‘alaridan voz kechdi

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning qallig‘i Megan Markl jamoatchilikdan ularga to‘y sovg‘alarini yubormaslikni so‘radi, istaganlarga xayriya tashkilotlariga pul jo‘natishni taklif qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Tegishli bayonotni ularning nomidan Kensington saroyi 9-aprel, dushanba kuni e’lon qildi.

Garri va Megan ularning to‘yini nishonlashni xohlagan barcha kishilardan bayonotda keltirib o‘tilgan yettita xayriya jamg‘armalaridan biriga to‘lov yo‘naltirishni so‘radi. Shu bilan birga, Kensington saroyida ularning ushbu tashkilotlar bilan rasmiy aloqasi yo‘qligini ta’kidlashdi.

Kelin-kuyov o‘zlari bee’tibor bo‘lmagan muammolar — sport, ayollar huquqlari uchun kurash, dengiz qirg‘oqlari va tabiatni asrash, boshpanasiz kishilarning hayoti, OITV va qurolli kuchlar bilan shug‘ullanuvchi jamg‘armalarni tanladi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 568 | Добавил: VerSign | Теги: Shahzoda Garri va Megan Markl to‘y | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]