наверх
Главная » Новости » Shou-Biznes yangiliklari
11:55
Shape of You 2017-yilda eng ko‘p tinglangan qo‘shiq bo‘ldi

Mediatraffic dunyo qo‘shiqlari chartining 2017-yilgi natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Reytingning birinchi o‘rnini britaniyalik qo‘shiqchi Ed Shiranning Shape of You qo‘shig‘i egalladi. Mazkur tarona 33 hafta davomida xit-paradlarning birinchi o‘rnini egallab turgan. Ed Shiranning yana ikkita qo‘shig‘i reytingning turli o‘rinlaridan joy olgan.

Deddi Yanki, Luis Fonsi va Jastin Biberning Despacito qo‘shig‘i ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kuchli uchtalikka The Chainsmokers va Coldplay’ning Something Just Like This qo‘shig‘i yakun yasadi.

Shunday qilib, 2017-yilning eng xit qo‘shiqlari reytingi quyidagicha:

Ed Sheeran — Shape of You
Luis Fonsi, Daddy Yankee, Justin Bieber — Despacito
The Chainsmokers & Coldplay — Something Just Like This
Bruno Mars — That’s What I Like
Shawn Mendes — There’s Nothing Holdin’ Me Back
Ed Sheeran — Perfect
French Montana — Unforgettable (feat. Swae Lee)
Ed Sheeran — Castle On The Hill
Charlie Puth — Attention
Kygo — It Ain’t Me (feat. Selena Gomez)
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 667 | Добавил: VerSign | Теги: shou-biznes | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]