Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Shavkat Mirziyoyev: «2020 yil — «iqtisodiy kompleksni safarbar qilish yili» bo‘ladi»

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 21.01.2020
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 yanvar kuni Davlat budjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Videoselektorda yana bir muhim masala – yangi Soliq kodeksini hayotga to‘liq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.
Ma’lumki, o‘tgan yili soliq tizimidagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib borildi.

Joriy yil 1 yanvardan mamlakatimiz soliq tizimida 120 dan ortiq yangi qoidalar amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar to‘g‘ri qo‘llanishi, aholining huquq va manfaatlari ta’minlanishi uchun o‘zgarishlardan barcha xabardor bo‘lishi kerak.

Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni o‘qitishni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli ijrosini ta’minlashga imkon bo‘ladi. Undan tashqari, hujjatda ko‘zda tutilgan qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra suhbatlari, seminarlar va boshqa targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi. Ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot bo‘yicha media reja ishlab chiqib, birinchi chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yangi kodeksda soliq organlariga ham ko‘plab vazifalar yuklatilgan. Ularni sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin oshirishi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan o‘zgartirishi zarurligi ta’kidlandi.

Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda soliq tekshiruvlari o‘tkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda qurilishni moliyalashtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan ob’ektlarda qurilishni boshlash va loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilishni moliyalashtirish taqiqlanishi qayd etildi.

– Bugungi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish iqtisodiy kompleksdan katta mas’uliyat talab etadi. Shu bois bu yil hukumat va hududlar uchun «iqtisodiy kompleksni safarbar qilish yili» bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Videoselektorda soha va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar belgilangan prognoz rejalarni bajarish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobot berdi.

Теги: Shavkat Mirziyoyev, 2020-yil

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]