наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
20:31
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari Ilhom Aliyevni kuni kecha bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Saylov natijalari qardosh ozarbayjon xalqi Ilhom Aliyevni keng qo‘llab-quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, davlat rahbarining shaxsiy xizmatlari hamda mamlakatda barqarorlikni, izchil iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan samarali siyosatni yusak baholashini yana bir bor namoyon etgani alohida ta’kidlandi.

Turli darajadagi faol muloqotlar ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirib, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston – Ozarbayjon ko‘p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi.

Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevga samimiy tabrik va ezgu tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Aliyev 11-aprel kuni Ozarbayjonda o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezident saylovida g‘olib bo‘ldi. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, u ovozlarning 86,09 foizini qo‘lga kiritgan.
Manba: Daryo.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 182 | Добавил: VerSign | Теги: Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni O | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]