наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
15:00
Shavkat Mirziyoyev to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi raisini keskin tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisini savolga tutib, vodiyda to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi rahbarining harakatlariga munosabat bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Balandparvoz gaplar, to‘ylarni yo‘lda to‘xtatish menga kerak emas. To‘ylarni yo‘lda to‘xtatgandan ko‘ra, senga o‘xshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni o‘zgartiringlar. Men to‘y masalasini, u bir yilda bo‘lmaydi, nima uchun cho‘zyapman, muhit paydo bo‘lishi kerak oldin. Prezident aytdi deb to‘yni to‘xtatish, bu Prezidentga xiyonat,” – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1222 | Добавил: MASSARI | Теги: yoshlar ittifoqi, Shavkat Mirziyoyev, Farg'ona viloyati | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]