наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
23:28
Shavkat Mirziyoyevga «O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish taklif qilindi

Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni oliy darajadagi mukofot «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlash to‘g‘risida Meningfikrim.uz’da taklif bildirildi.

«Hurmatli senatorlar va deputatlar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytidagi «Mukofotlar» rukniga kirilganida, Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev davlat va boshqaruv organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qo‘shgani uchun «Mehnat shuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Lekin bizning fikrimizcha, ushbu insonning qilgan barcha harakatlariga davlatimiz tomonidan hali yetarlicha baho berilmagan va hozircha munosib ravishda taqdirlanmagan. Bizning hayotimizga yorqin nur olib kirgan, xonadonlarimizda xursandchilikni ko‘paytirgan, qo‘shni xalqlar bilan munosabatlarni yuqori pog‘onalarga ko‘targan, qishloqlarimiz va shaharlarimizni go‘zal qilib berayotgan Yurtboshimizni Allohning o‘zi asrasin. Xalqimiz ardog‘idagi Prezidentimiz munosib ravishda taqdirlanishi kerak», deyiladi murojaatda.

Murojaat ostida fikr bildirganlarning barchasi Shavkat Mirziyoyev ushbu oliy mukofotga loyiq ekanligini ta’kidlashgan.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 337 | Добавил: MASSARI | Теги: mening fikrim, o'zbekiston prezidenti, O'zbekiston qaxramoni, Shavkat Mirziyoyev | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]