наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
18:28
Shavkat Mirziyoyevning oilaviy surati bir yildirki barchaning e’tibor markazida

So‘nggi bor O‘zbekistonda Prezidentlik saylovi o‘tkazilganiga 1 yil to‘ldi. 2016 yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi qo‘yilganlar ham o‘zlari istiqomat qiladigan hududlardagi saylov uchastkalaridan ovoz bergan edilar.

Xususan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlik lavozimiga saylangan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham o‘zi yashaydigan hududdagi saylov uchastkasiga oila a’zolari bilan tashrif buyurib, ovoz bergandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kuni ilk bor OAV ko‘z o‘ngida oila a’zolari bilan namoyon bo‘lgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning oilaviy surati 2016 yilning eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan surati sifatida e’tirof etilgandi. Hatto, ushbu oilaviy suratni xorij matbuoti ham chop etgandi.

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroatxon Hoshimova Prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijga tashriflari va rasmiy kutib olish marosimlarida ishtirok etib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ikki qiz, bir o‘g‘li, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Ziroatxon Hoshimova – mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 2288 | Добавил: MASSARI | Теги: prezident, o'zbekiston prezidenti, Shavkat Mirziyoyev, 4-dekabr | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]