Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Shimoliy Makedoniya NATOga a’zo bo‘ladi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 22.02.2019
Makedoniya Shimoliy Atlantika ittifoqining o‘ttizinchi a’zosiga aylandi, deya xabar dedi “Euronews”.

Makedoniyaning a’zolik protokoli NATOning 29 ta davlati elchilari tomonidan imzolangan. Marosim tashkilotning shtab-kvartirasida Bryusselda bo‘lib o‘tgan.

Alyansga qo‘shilish uchun Makedoniyaga Gretsiya bilan kelishmovchiliklar sababli davlat nomini “Shimoliy Makedoniya Respublikasi”ga o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi.

Shartnoma 2018-yilning 17-iyun kuni imzolangan.

Makedoniya tashqi ishlar vaziri Nikola Dimitrov: “Tarix o‘z-o‘zidan yozilmaydi. Biz uni yaratishimiz kerak. Shu sababli men Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev va Gretsiya bosh vaziri Aleksis Siprasga minnatdorchilik bildiraman. Ular hech narsa qilmasligi mumkin edi. Biroq ular ikki xalq, ikki davlat, ikki mamlakat, butun mintaqa va NATOning oilasi uchun buni amalga oshirdi”.

NATOning bosh kotibi Jens Stoltenberg shunday deydi: “Bu tarixiy onlar. Makedoniya Yunoniston bilan bo‘lgan nizoni hal qilish uchun nomini o‘zgartirishi haqidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qildi”.

Endi biz kelajakka qarashimiz mumkin. Sizning mamlakatingizning NATOga qo‘shilishi G‘arbiy Bolqonga yanada ko‘proq barqarorlik olib keladi va nafaqat mintaqaviy, balki butun Yevropa xavfsizligiga hissa qo‘shadi.

Endi protokol alyans davlatlariga ratifikatsiya kilish uchun yuboriladi, jarayon yakuniga yetgach Makedoniya uni ratifikatsiya qilishi mumkin.

Amaliyot joriy yilda tugallanishi kutilmoqda.

Теги: nato

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]